"O‘zatom" delegatsiyasi Belarus AESga tashrif buyurdi

© Agentstvo "Uzatom" Delegatsiya "Uzatoma" posetila Belorusskuyu AES
Delegatsiya Uzatoma posetila Belorusskuyu AES
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2025
Obuna bo‘lish
"O‘zatom" agentligi delegatsiyasi atom energetikasi sohasida tajriba almashish maqsadida BelAESga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida O‘zbekiston tomoni belaruslik hamkasblari tajribasi bilan tanishishdi.
TOShKENT, 7 avg – Sputnik. 6-avgust kuni "O‘zatom" delegatsiyasi Belarus atom elektr stansiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda "O‘zatom" agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mehmonlar stansiya faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, O‘zbekiston tomonini qiziqtirgan masalalar yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Belarus tomoni BelAES qurilishining asosiy bosqichlari bo‘yicha tajriba ulashdi.
© Agentstvo "Uzatom" Delegatsiya "Uzatoma" posetila Belorusskuyu AES
Delegatsiya Uzatoma posetila Belorusskuyu AES
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2025
Delegatsiya "Uzatoma" posetila Belorusskuyu AES
Delegatsiya, shuningdek, stansiyaning o‘quv-mashg‘ulot markaziga tashrif buyurdi, u yerda barcha mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar modellashtiriladi va ulardan normal chiqish bo‘yicha harakatlar ishlab chiqiladi. Markaz AES ishini imitatsiya qiluvchi trenajorlar bilan jihozlangan. Markaz mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi.
Shuningdek, jamoatchilik bilan hamkorlik qilish, jumladan, jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazish va atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishning jamoatchilik tomonidan maqbullik darajasini oshirish bo‘yicha tajriba almashildi.
© Agentstvo "Uzatom" Delegatsiya "Uzatoma" posetila Belorusskuyu AES
Delegatsiya Uzatoma posetila Belorusskuyu AES
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2025
Delegatsiya "Uzatoma" posetila Belorusskuyu AES
Professional ta’lim sohasida mutaxassislar tayyorlash va tajriba almashishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston ikki mamlakatning tegishli oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rmoqda.
Ma’lumot uchun, BelAES "Rosatom" davlat korporatsiyasi loyihasi bo‘yicha qurilgan va 2023-yilda to‘liq ishga tushirilgan. O‘rnatilgan quvvati - 2400 MVt. BelAESning asosiy xususiyati AESning tashqi va ichki ta’sirlarga maksimal chidamliligini ta’minlaydigan faol va passiv xavfsizlik tizimlarining noyob kombinatsiyasidir.
Har bir energiya bloki "eritma tuzog‘i" - yadro reaktorining faol hududidagi eritmani lokalizatsiya qilish qurilmasi, shuningdek, energiya ta’minoti to‘liq bo‘lmagan vaziyatda operatorlar ishtirokisiz ishlashga qodir boshqa passiv xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan.
Uzatom izuchayet uspeshniy opit raboti BelAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2025
"O‘zatom" BelAES tajribasini o‘rganmoqda
Yangiliklar lentasi
0