"O‘zatom" BelAES tajribasini o‘rganmoqda
16:45 06.08.2025 (yangilandi: 17:52 06.08.2025)

© Agentstvo "Uzatom"
Obuna bo‘lish
"O‘zatom" delegatsiyasi Minskda muzokaralar o‘tkazdi va o‘zining birinchi atom stansiyasini qurishda ilg‘or tajribalardan foydalanish uchun Belarus AESga tashrif buyuradi.
TOShKENT, 6 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, 5–6 avgust kunlari “O‘zatom” agentligi delegatsiyasi Belarusda xizmat safarida bo‘lib turibdi. Bu haqda "O‘zatom" agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif maqsadi - Belarusning atom elektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanish tajribasini o‘rganish va O‘zbekistondagi birinchi AES qurilishini amalga oshirishda undan foydalanish.
Delegatsiya 5-avgust kuni Belarus energetika vaziri Denis Moroz bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar yirik atom elektr stansiyasini energiya tizimiga integratsiya qilish, jismoniy himoya tizimini yaratish bo‘yicha tajriba almashish, ishlatilgan yadro yoqilg‘isi va radioaktiv chiqindilar bilan ishlash, jamoatchilik bilan hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar.

"Uzatom" izuchayet uspeshniy opit raboti BelAES
© Agentstvo "Uzatom"
Delegatsiya vakillari O‘zbekistondagi AES loyihasining hozirgi holatini taqdim etdi. Belarus tomoni BelAES infratuzilmasi, jumladan, vaxta shaharchasi qurilishi, xodimlar uchun uy-joylar va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish haqida so‘zlab berdi.
"O‘zatom" direktori Azim Axmedxadjayev Belarus tajribasi O‘zbekistonda atom energetikasini qo‘llab-quvvatlashning sanoat bazasini shakllantirishda katta axamiyatga egaligini ta’kidladi.
Belarus energetika vaziri 2023-yilda ishga tushirilgan va quvvati 2400 MVt bo‘lgan BelAES mamlakat elektr energiyasining qariyb 40 foizini ta’minlashini, loyiha ishtirokchilari xorijdagi "Rosatom" bilan faol hamkorlik qilayotganligini hamda O‘zbekistondagi loyihada ishtirok etishi mumkinligini ta’kidladi.

"Uzatom" izuchayet uspeshniy opit raboti BelAES
© Agentstvo "Uzatom"
Delegatsiya Belarus bo‘ylab elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, respublika elektr stansiyalari, podstansiyalari va energiya tizimlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha markazlashtirilgan boshqaruvni amalga oshiruvchi "Belenergo" dispetcherlik xizmatining markaziy boshqaruv shiti faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif dasturida Belarus atom elektr stansiyasi, BelAES o‘quv-mashg‘ulot markazi faoliyati bilan tanishish, shuningdek, hamkorlik masalalari bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar va amaliy maslahatlashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
