Drayver loyihalarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPeterburgskiy mejdunarodniy ekonomicheskiy forum. Den perviy
Peterburgskiy mejdunarodniy ekonomicheskiy forum. Den perviy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2025
Obuna bo‘lish
Hududlarda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish uchun tayanch nuqta bo‘lishi kerak bo‘lgan drayver loyihalar- tashabbuslarni shakllantirish va amalga oshirish qoidalari belgilandi.
TOShKENT, 6 avg – Sputnik. Vazirlar Mahkamasining 01.08.2025 yildagi 490-sonli qarori bilan “Tuman (shahar)larda iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi drayver loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi mabuot xizmati xabar berdi.
Nizomga ko‘ra, drayver loyiha hududning zaxira va imkoniyatlarini hisobga olgan holda ma’lum iqtisodiy o‘sishni yoki o‘zgarishni yuzaga keltiradigan sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga turtki beradigan loyiha hisoblanadi.
Drayver loyihalarni shakllantirish, kelishish va ishga tushirish tuman (shahar) hokimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda loyihalar har yili 1-noyabrgacha tuman (shahar) hokimliklari tomonidan ishlab chiqiladi.
1 hafta muddatda loyihalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga kiritiladi.
Shundan so‘ng, loyihalar 10 ish kunida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboriladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 15 ish kunida drayver loyihani joyiga chiqqan holda o‘rganadi.
Loyihalarni amalga oshirish doirasida bosh loyihachi tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda tanlov (tender) orqali aniqlanadi.
Drayver loyihalar tuman (shahar) hokimligi tomonidan tuziladigan dalolatnomaga asosan foydalanishga qabul qilinadi va amalga oshirilgan hisoblanadi.
Delovoe sotrudnichestvo. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2025
O‘zbekistonda davlat xaridlarining elektron tizimi tashkil etiladi
Yangiliklar lentasi
0