https://oz.sputniknews.uz/20250804/ozbekiston-davlat-xaridlari-51033178.html
O‘zbekistonda davlat xaridlarining elektron tizimi tashkil etiladi
O‘zbekistonda davlat xaridlarining elektron tizimi tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Hujjat davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini tashkil etish, elektron tizimda ma’lumotlarni almashish hamda davlat xaridlari to‘g‘risidagi ayrim axborotlarni moderatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi. Davlat buyurtmachilarining xaridlarni amalga oshirish va ishtirokchilarning xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish jarayonlari ularning davlat xaridlari elektron tizimida ro‘yxatga olingan paytdan e’tiboran amalga oshiriladi.
2025-08-04T14:29+0500
2025-08-04T14:29+0500
2025-08-04T14:29+0500
jamiyat
o‘zbekiston
davlat xaridlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/1d/42710906_0:226:2835:1821_1920x0_80_0_0_caeca377867fba4bde83aa463ef6043f.jpg
TOShKENT, 4 avg – Sputnik. O‘zbekiston hukumati qarori bilan "Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.Hujjat davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini tashkil etish, elektron tizimda ma’lumotlarni almashish hamda davlat xaridlari to‘g‘risidagi ayrim axborotlarni moderatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.Davlat buyurtmachilarining xaridlarni amalga oshirish va ishtirokchilarning xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish jarayonlari ularning davlat xaridlari elektron tizimida ro‘yxatga olingan paytdan e’tiboran amalga oshiriladi.Davlat xaridlari elektron tizimida axborot tizimlari o‘rtasida axborot almashinuvi axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga muvofiq sertifikatlangan vositalardan foydalangan holda, himoyalangan aloqa kanallari orqali amalga oshirilishi shart.Bunda davlat xaridlari sohasidagi nazoratni amalga oshiruvchi organlar uchun zarur hujjat va ma’lumotlarni maxsus axborot portali orqali operatordan masofaviy talab qilib olish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi.2025 yil 15-avgustdan boshlab:Davlat xaridlarini amalga oshirishda ularning hajmini qismlarga bo‘lib tashlashga yo‘l qo‘yilmaydi.Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilgan ishtirokchilarning davlat xaridlaridagi ishtiroki davlat xaridlari elektron tizimi tomonidan avtomatik tarzda cheklanadi.Qaror bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025-yil 1-oktabrga qadar davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomalarni boshqarish, shu jumladan, shartnomaviy intizomni mustahkamlash, davlat xaridlari sohasida monitoring va nazorat qilish tizimini joriy etish yuklatildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250730/mirziyoev-korruptsiyaga-qarshi-kurashish-choralari-50925018.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/1d/42710906_53:0:2782:2047_1920x0_80_0_0_6b946b929d2e9195f306b99ecb52db1d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston davlat xaridlari elektron tizim
o‘zbekiston davlat xaridlari elektron tizim
O‘zbekistonda davlat xaridlarining elektron tizimi tashkil etiladi
Nizom bilan davlat xaridlarini amalga oshirishda ularning hajmini qismlarga bo‘lib tashlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
TOShKENT, 4 avg – Sputnik. O‘zbekiston hukumati qarori bilan "Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari to‘g‘risida"gi
nizom tasdiqlandi. Hujjat davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini tashkil etish, elektron tizimda ma’lumotlarni almashish hamda davlat xaridlari to‘g‘risidagi ayrim axborotlarni moderatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Davlat buyurtmachilarining xaridlarni amalga oshirish va ishtirokchilarning xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish jarayonlari ularning davlat xaridlari elektron tizimida ro‘yxatga olingan paytdan e’tiboran amalga oshiriladi.
Davlat xaridlari elektron tizimida axborot tizimlari o‘rtasida axborot almashinuvi axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga muvofiq sertifikatlangan vositalardan foydalangan holda, himoyalangan aloqa kanallari orqali amalga oshirilishi shart.
Bunda davlat xaridlari sohasidagi nazoratni amalga oshiruvchi organlar uchun zarur hujjat va ma’lumotlarni maxsus axborot portali orqali operatordan masofaviy talab qilib olish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi.
2025 yil 15-avgustdan boshlab:
eng yaxshi takliflar va arizalar tanlash natijalari bo‘yicha shartnomalar davlat xaridlari elektron tizimida avtomatik tarzda shakllantiriladi, jismoniy shaxslar bilan tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomalar bundan mustasno;
davlat xaridlarida elektron raqamli imzodan foydalangan holda qo‘lda yoziladigan shaklda tuziladigan shartnomalar elektron shaklda tuziladi, xorijiy yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalar bundan mustasno;
maxsus axborot portalida davlat xaridlari masalalari bo‘yicha izohlar, takliflar va shikoyatlarni qoldirish uchun qayta aloqa tartibi joriy etiladi;
jamoatchilik muhokamasiga chiqarilgan bayonnomalar va tuziladigan shartnomalar yuzasidan kelib tushgan e’tirozlar bo‘yicha davlat buyurtmachilari tomonidan ularni ko‘rib chiqish natijalari haqidagi ma’lumotlar (qabul qilingan tegishli qarorlar) davlat xaridlari sohasida nazorat qiluvchi organlar uchun ochilgan shaxsiy kabinetlarda aks ettiriladi.
Davlat xaridlarini amalga oshirishda ularning hajmini qismlarga bo‘lib tashlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilgan ishtirokchilarning davlat xaridlaridagi ishtiroki davlat xaridlari elektron tizimi tomonidan avtomatik tarzda cheklanadi.
Qaror bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025-yil 1-oktabrga qadar davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomalarni boshqarish, shu jumladan, shartnomaviy intizomni mustahkamlash, davlat xaridlari sohasida monitoring va nazorat qilish tizimini joriy etish yuklatildi.