Migratsiya: Rossiyadagi o‘zbekistonliklarning huquqiy maqomini rasmiylashtirishga yordam beriladi

© Kirill KallinikovVidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomini rasmiylashtirishga oid tegishli farmonni imzoladi.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekiston Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarning huquqiy maqomini rasmiylashtirishda yordam beradi, deya xabar berdi agentlik matbuot xizmati.
Rossiya prezidenti 28-aprel kuni chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomini rasmiylashtirishga oid tegishli farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, Rossiyadagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomini rasmiylashtirishi (legalizatsiya) lozim bo‘lgan muddat 2025-yilning 10-sentabrgacha uzaytirildi.
“Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Rossiyada ishlab yurgan, ammo, hujjatlarida kamchiligi mavjud bo‘lgan barcha yurtdoshlarimizga huquqiy, amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor”, — deyiladi xabarda.
Legalizatsiyaga doir savollar bilan murojaat qilish mumkin:
telegram orqali - @huquqiy_yordam_uzbot
(95) 985 33 55, (95) 983 33 55 (O‘zbekiston), +79250454744 (Rossiya).
@pomoshrussiamigrant
Raschet zarabotnoy plati. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2025
Endi migrantlarga subsidiya va kreditlar ajratiladi — yangi qaror
Yangiliklar lentasi
0