Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev otbil v Samarkand.
Prezident Shavkat Mirziyoyev otbil v Samarkand. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yetakchisi 4−5 avgust kunlari Turkmanistonda bo‘ladigan BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etadi.
TOShKENT, 4 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-5 avgust kunlari amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi. Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi tadbirlarida ishtirok etadi .Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, "Avaza" milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan tadbirda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish, xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etadi.
Konferensiya kun tartibidan transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va savdo tartib-taomillarini soddalashtirish, iqtisodiy transformatsiya, iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit uchun xatarlarga bardoshlikni oshirish, Barqaror rivojlanish maqsadlarini ro‘yobga chiqarishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan. Avaza siyosiy deklaratsiyasi va harakatlar dasturining qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, Mirziyoyev Turkmanistonga tashrif doirasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan tadbirda ham ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.
Generalniy sekretar OON pribil v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2025
Davlat xizmatlaridan elektron moliyagacha: Samarqandda BMT Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0