Davlat xizmatlaridan elektron moliyagacha: Samarqandda BMT Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tdi

© Pravitelstvo respubliki UzbekistanGeneralniy sekretar OON pribil v Uzbekistan
Generalniy sekretar OON pribil v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Vazir Sherzod Shermatov mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida zamonaviy raqamli ekotizim yaratilganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor Samarqandda BMT Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi O‘zbekiston Sputnik muxbiri.
Tadbirda Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrikadan vazirlar, BMT, xalqaro tashkilotlar, ilmiy doiralar va xususiy sektor vakillari ishtirok etdi. Tadbir BMTning 2030-yilgacha bo‘lgan kun tartibida belgilangan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qilish uchun platforma bo‘ldi.
Forumda so‘zga chiqqan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida zamonaviy raqamli ekotizim yaratilganini ta’kidladi.
"Raqamli hukumat" idoralararo integratsiyalashuv platformasida 49 ta davlat organlarining 390 tadan ortiq veb-servislari mavjud bo‘lib, ularga har kuni 216 tadan ortiq axborot tizimlari ulanadi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali 760 tadan ortiq elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lib, ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 11 milliondan oshdi.
Milliy qonunchilik bazasida sun’iy intellektga asoslangan raqamli yordamchi muvaffaqiyatli joriy etilgan, undan ham jamoatchilik, ham professional yuristlar foydalana oladi.
208 ta Davlat xizmatlari markazlarining rivojlangan tarmog‘i butun mamlakat bo‘ylab ma’muriy xizmatlardan oflayn foydalanishni ta’minlaydi.
Bir so‘z bilan aytganda, raqamli transformatsiya barcha asosiy sohalarni - davlat xizmatlaridan tortib elektron moliya, elektron tijorat, fiskal ma’lumotlar tahlili va raqamli iqtisodiyotning boshqa yo‘nalishlarini qamrab oladi.

"O‘zbekiston raqamlashtirish sohasida ko‘plab yutuqlarga erishdi va bu yutuqlar nafaqat raqamli yetuklikning yuqori darajasidan, balki to‘plangan tajriba bilan o‘rtoqlashishga tayyorligidan ham dalolat beradi. Samarqandda imzolangan deklaratsiya doirasida biz bilim almashishimiz va xalqaro munosabatlarni mustahkamlashimiz mumkin. O‘zbekiston hamkorlik uchun, jumladan, Osiyo va Afrika davlatlari bilan ochiq”, — dedi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi departament boshlig‘i o‘rinbosari Muhsina Husanova.

Forum doirasida bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, yalpi majlislar, interaktiv seminarlar, UNDESA bo‘yicha elektron hukumat sohasidagi yutuqlari uchun 12 ta davlatni taqdirlash marosimi, tanishtiruv tashriflari va O‘zbekistonning davlat xizmatlarini raqamlashtirish sohasidagi eng yaxshi tashabbuslari namoyishlari ztkazildi.
Forum doirasida Raqamli davlat boshqaruvi (GovTech) yechimlari eksportini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish dasturini ishga tushirish rejalari ham ma’lum qilindi.
Yangiliklar lentasi
0