TOShKENT, 4 avg – Sputnik. 2025-2028 yillarga mo‘ljallangan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Eron o‘rtasidagi erkin savdo hududi (ESH) to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi sentabrda tasdiqlanishi rejalashtirilgan. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev Eronning Rossiyadagi elchisi Kozim Jaloliy bilan uchrashuvda ma’lum qildi.Tomonlar Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasining dolzarb, jumladan, ittifoqning xalqaro faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga oid masalalarni muhokama qilishdi. Xususan, YeOII mamlakatlarining Eron bilan 90 foiz tovarlarga nisbatan bojsiz rejimni nazarda tutuvchi erkin savdo hududi to‘g‘risidagi to‘laqonli bitim doirasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.YeIK hay’ati raisi komissiya 2025-yildan 2028-yilgacha bo‘lgan davrda erkin savdo hududi to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini batafsil ishlab chiqishga katta ahamiyat berayotganini ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, hujjat 2025-yil sentabrida Qo‘shma qo‘mita yig‘ilishida tasdiqlanishi rejalashtirilgan. Bu o‘zaro hamkorlikning barcha rejalashtirilgan yo‘nalishlarini muvofiqlashtirilgan tarzda ilgari surish imkonini beradi.Sagintayev yangi format tufayli YeOII davlatlari va Eronning savdo-iqtisodiy munosabatlari rivojlanishning yangi darajasiga ko‘tarilganini qayd etdi.Suhbatdoshlar YeOII va Eron mamlakatlari transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirish, korxonalar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, agrosanoat majmui, neftni qayta ishlash va neft-kimyo tarmoqlarida hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega degan fikrga kelishdi.
2024 yilda YeOII va Eron o‘rtasida tovar aylanmasi hajmi 14,6 foizga o‘sib, 5,9 mlrd dollarni tashkil etdi.
TOShKENT, 4 avg – Sputnik. 2025-2028 yillarga mo‘ljallangan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Eron o‘rtasidagi erkin savdo hududi (ESH) to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi sentabrda tasdiqlanishi rejalashtirilgan. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev Eronning Rossiyadagi elchisi Kozim Jaloliy bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Tomonlar Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasining dolzarb, jumladan, ittifoqning xalqaro faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga oid masalalarni muhokama qilishdi. Xususan, YeOII mamlakatlarining Eron bilan 90 foiz tovarlarga nisbatan bojsiz rejimni nazarda tutuvchi erkin savdo hududi to‘g‘risidagi to‘laqonli bitim doirasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
YeIK hay’ati raisi komissiya 2025-yildan 2028-yilgacha bo‘lgan davrda erkin savdo hududi to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini batafsil ishlab chiqishga katta ahamiyat berayotganini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, hujjat 2025-yil sentabrida Qo‘shma qo‘mita yig‘ilishida tasdiqlanishi rejalashtirilgan. Bu o‘zaro hamkorlikning barcha rejalashtirilgan yo‘nalishlarini muvofiqlashtirilgan tarzda ilgari surish imkonini beradi.
Sagintayev yangi format tufayli YeOII davlatlari va Eronning savdo-iqtisodiy munosabatlari rivojlanishning yangi darajasiga ko‘tarilganini qayd etdi.
“Biz 2024-yilda 14,6 foizga o‘sib, 5,9 mlrd dollarni tashkil etgan mamlakatlarimiz tovar aylanmasida sezilarli o‘sishni ko‘rmoqdamiz. YeOII davlatlaridan Eronga eksport 18 foizga o‘sdi”, - dedi YeIK hay’ati raisi.
Suhbatdoshlar YeOII va Eron mamlakatlari transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirish, korxonalar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, agrosanoat majmui, neftni qayta ishlash va neft-kimyo tarmoqlarida hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega degan fikrga kelishdi.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.