YeOII va ASEAN tovar belgilarini birgalikda himoya qiladi
YeOII va ASEAN tovar belgilarini birgalikda himoya qiladi
Sputnik O‘zbekiston
Ikki tashkilot vakillari intellektual mulk himoyasi borasida fikr almashdilar, mintaqaviy tendensiyalarni muhokama qilishdi. 01.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 1 avg – Sputnik. 30-iyul kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va ASEAN ga a’zo davlatlar vakillari ishtirokida intellektual mulk bo‘yicha birinchi qo‘shma seminar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK). Seminarda YeIK vakillari ishga tushirishning yakuniy bosqichida bo‘lgan YeOII tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish mintaqaviy tizimi loyihasini taqdim etdi.ASEAN vakillari esa intellektual mulk obyektlari to‘g‘risida ma’lumot almashish borasida o‘z yutuqlarini, shuningdek, birlashma hududida bunday obyektlarni ro‘yxatdan o‘tkazish istiqbollari to‘g‘risida so‘zlab berishdi.Ishtirokchilar integratsiya birlashmalari doirasida intellektual mulk huquqlarining buzilishiga qarshi kurashish uslublari bo‘yicha tajriba almashdilar, shuningdek, ushbu yo‘nalishda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.Ma’lumot uchun, ASEAN - Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi, 1967-yil 8-avgustda tashkil etilgan. A’zo davlatlar: Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand, Filippin, Bruney-Dorussalom, Vyetnam, Laos Xalq Demokratik Respublikasi, Myanma, Kambodja. Tashkilot maqsadi: Mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish.
Ikki tashkilot vakillari intellektual mulk himoyasi borasida fikr almashdilar, mintaqaviy tendensiyalarni muhokama qilishdi.
TOShKENT, 1 avg – Sputnik. 30 iyul kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va ASEAN ga a’zo davlatlar vakillari ishtirokida intellektual mulk bo‘yicha birinchi qo‘shma seminar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK).
"Texnologik taraqqiyotning jadallashuvi sharoitida intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning barqaror mexanizmlarini rivojlantirish, davlatlar sa’y-harakatlarni birlashtirish juda muhimdir," - dedi YeIK Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari Nurjamol Ilyasova.
Seminarda YeIK vakillari ishga tushirishning yakuniy bosqichida bo‘lgan YeOII tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish mintaqaviy tizimi loyihasini taqdim etdi.
ASEAN vakillari esa intellektual mulk obyektlari to‘g‘risida ma’lumot almashish borasida o‘z yutuqlarini, shuningdek, birlashma hududida bunday obyektlarni ro‘yxatdan o‘tkazish istiqbollari to‘g‘risida so‘zlab berishdi.
Butun Yevroosiyo hududida qoidabuzarliklarning raqamli muhit va internetga o‘tishi, hamda ularning transchegaraviy xususiyati kuchayish tendensiyalari qayd etildi.
Ishtirokchilar integratsiya birlashmalari doirasida intellektual mulk huquqlarining buzilishiga qarshi kurashish uslublari bo‘yicha tajriba almashdilar, shuningdek, ushbu yo‘nalishda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.
Ma’lumot uchun, ASEAN - Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi, 1967-yil 8-avgustda tashkil etilgan. A’zo davlatlar: Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand, Filippin, Bruney-Dorussalom, Vyetnam, Laos Xalq Demokratik Respublikasi, Myanma, Kambodja. Tashkilot maqsadi: Mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.