Kamchatkada 600-yil ichida birinchi marta Krasheninnikov vulqoni otildi

© Institut vulkanologii i seysmologii DVO RANIzverjenie vulkana Krashenninikova na Kamchatke
Izverjenie vulkana Krashenninikova na Kamchatke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2025
Obuna bo‘lish
Vulqon otilishi yaqinda Kamchatkada ro‘y bergan kuchli zilzila bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
TOShKENT, 3 avg – Sputnik. Kamchatkada 600-yil ichida birinchi marta Krasheninnikov vulqoni otildi. Bu haqda RIA Novostiga Kamchatka vulqon otilishiga qarshi kurashish guruhi (KVERT) rahbari Olga Girina ma’lum qildi.
“Bu Krasheninnikov vulqonining 600-yil ichida birinchi tarixiy otilishi”, — dedi agentlik suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qiyalikda kuchli bug‘-gaz faolligi bilan birga yorilish va lava gumbazining shakllanishi qayd etilgan.
Krasheninnikov vulqonining balandligi 1856 metrni tashkil qiladi.
Girina vulqon otilishi yaqinda Kamchatkada ro‘y bergan kuchli zilzila bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Kul ustuni 6 ming metr balandlikkacha ko‘tarilgan. Aholi punktlari uchun hech qanday xavf yo‘q.

Kamchatkadagi zilzila

30 iyul kuni Kamchatka qirg‘oqlarida butun kuzatuvlar davridagi eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi: uning magnitudasi 8,8 ga yetdi. Gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi boshqarmasi mintaqada balandligi to‘rt metrgacha bo‘lgan sunami to‘lqinini qayd etdi.
Bolalar bog‘chalaridan birida devor qulab tushdi, voqea sodir bo‘lgan paytda u yerda hech kim bo‘lmagan. Saxalin viloyatidagi Severo-Kurilsk suv ostida qoldi va u yerda favqulodda holat e’lon qilindi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlar bor, ularning barchasining ahvoli qoniqarli.
Posledstviya zemletraseniya na Kamchatke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2025
Kuzatuvlar davridagi eng kuchli zilzila: Kamchatkadagi tabiiy ofat haqida nimalar ma’lum?
Yangiliklar lentasi
0