Kuzatuvlar davridagi eng kuchli zilzila: Kamchatkadagi tabiiy ofat haqida nimalar ma’lum?

© RIA Novosti / Sergey Lakomov
Obuna bo‘lish
30 iyul kuni ertalab Kamchatka qirg‘oqlarida 8,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila episentri Petropavlovsk-Kamchatskiy shahridan 150 km uzoqlikda joylashgan. 4 metrgacha bo‘lgan sunami to‘lqinlari qayd etildi, aftershoklar yana bir oy davom etishi mumkin.
TOShKENT, 30-iyul – Sputnik. Rossiya Fanlar akademiyasi Yagona geofizik xizmati markazi Kamchatka filialining Telegram kanalida ma’lum qilinishicha, zilzila Petropavlovsk-Kamchatskiy shahridan 149 km uzoqlikda, 17 km chuqurlikda mahalliy vaqt bilan soat 11:24 da sodir bo‘lgan.
Dastlab magnituda 7,1 deb baholangan. Keyinroq Kamchatka o‘lkasi gubernatori Vladimir Solodov uni "butun kuzatuvlar davridagi eng kuchli zilzila" deb atadi va zilzila magnitudasi 8,8 ballni tashkil etganini aytdi. Bu Kamchatka zonasida 1952-yildan beri sodir bo‘lgan eng kuchli seysmik hodisa. Zilzila kuchi Petropavlovsk-Kamchatskiyda 6 ball atrofida bo‘lgan.

Posledstviya zemletraseniya na Kamchatke
© RIA Novosti / Sergey Lakomov
Sunami xavfi e’lon qilindi. Ayrim joylarda 4 metrgacha bo‘lgan to‘lqinlar qayd etilgan. AQSh, Yaponiya va Gavayi orollarida ham yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sunamiga tayyorgarlik ko‘rilgan.

Posledstviya zemletraseniya na Kamchatke
© Kamchatskiy filial Federalnogo issledovatelskogo sentra yedinoy geofizicheskoy slujbi RAN
7,5 magnitudagacha bo‘lgan takroriy silkinishlar kamida bir oy davom etishi mumkinligi aytilmoqda. Ayrim binolar, jumladan, bolalar bog‘chasi fasadi va aeroport binosi shikastlangan, bir ayol jabrlangan, jiddiy jarohatlar yo‘q.
Tezkor xizmatlar favqulodda vaziyat rejimida ishlamoqda.
O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi bosh konsulining ma’lum qilishicha, Kamchatkada yuz bergan zilzilada O‘zbekiston fuqarolari jabrlanmagan.
Shuningdek, Kamchatka o‘lkasi va Saxalin viloyatida yashovchi vatandoshlarga favqulodda xizmatlar ko‘rsatmalariga amal qilish, xotirjamlikni saqlash hamda zarurat tug‘ilganda Vladivostokdagi bosh konsulxonaga murojaat qilish tavsiya etilmoqda:
+7 (423) 260-48-00
+7 (902) 078-70-07.
