Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport quriladi
12:39 02.08.2025 (yangilandi: 10:21 05.08.2025)

© Sputnik / Baxrom Xatamov
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurish rejalashtirilgan. Bugungi kunda xususiy sheriklik bo‘yicha xorijiy kompaniyalar takliflari ko‘rib chiqilmoqda.
TOShKENT, 2 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevga transport sohasidagi yirik loyihalar bo‘yicha axborot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o realizatsii krupnix proyektov v sfere transporta.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Ta’kidlanishicha, Toshkent shahriga avia yo‘lovchilar oqimi 2030-yilda 15 millionga yetishi kutilmoqda. Lekin bunga hozirgi aeroportning quvvati yetmaydi. Shahar ichida joylashgani sababli uni kengaytirish imkoni ham yo‘q.
Shu bois Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurish rejalashtirilgan. Bugungi kunda xususiy sheriklik bo‘yicha xorijiy kompaniyalar takliflari ko‘rib chiqilmoqda.

Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o realizatsii krupnix proyektov v sfere transporta.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Taqdimotda mutasaddilar ushbu yirik loyihaning barcha jihatlari bo‘yicha axborot berdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda yo‘l xo‘jaligiga ham katta mablag‘ ajratilib, yangi inshootlar barpo etilmoqda. Avtotransportlar harakatiga qulaylik yaratish maqsadida muqobil yo‘llar qurilishi ham loyihalashtirilmoqda. Bu borada investorlarga jozibador muhit yaratish uchun “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda ishlab chiqildi.

Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o realizatsii krupnix proyektov v sfere transporta.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shularga asoslanib, Toshkent bilan Samarqand o‘rtasida muqobil tezurar yo‘l qurish loyihasiga bir necha hamkor davlatlar kompaniyalari qiziqish bildirgan. Mutasaddilar ular bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijalari va takliflari haqida hisobot berdi.
Davlat rahbari ushbu strategik infratuzilmalarni puxta o‘ylab loyihalashtirish va tezroq amaliy bosqichga o‘tish zarurligini ta’kidladi.
