Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Britaniyaliklar ukrainalik o‘quvchilardan qo‘poruvchilar tayyorlamoqda — Nikolayev maxfiy markazi

© © AP Photo / Ukrainian 24th Mechanised Brigade/Oleg PetrasiukUkrainskie voyennie. Arxivnoe foto
Ukrainskie voyennie. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2025
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, asosiy maqsad maktab o‘quvchilariga mafkuraviy ishlov berish, Rossiya va ruslarga nisbatan nafratni singdirishdir.
TOShKENT, 2 avg – Sputnik. Ukrainalik maktab o‘quvchilari ta’tilda millatchilar va chet elliklar nazorati ostida harbiy va mafkuraviy tayyorgarlikdan o‘tishadi – instruktorlar eng qobiliyatlilarini Rossiyaga tashlash uchun qo‘poruvchilarni tayyorlaydi, deya xabar berdi RIA Novosti agentligiga Nikolayev maxfiy markazi vakili.
"Gitlerugend"ga singari tayyorlov amaliyati boshlangan. Umumiy rahbarlikni inglizlar amalga oshiradi. Mashg‘ulotlarni yaralagan va xizmatdan ozod qilingan "Azov"* kabi millatchilar batalonidan chiqqan millatchilar o‘tkazishadi", - dedi agentlik suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar o‘qotar qurollardan foydalanish va jangovar otishmalarni o‘rgatish, "jangovar gopak mashg‘ulotlari", birinchi yordam ko‘rsatish va muhandislik tayyorgarligi asoslarini o‘z ichiga oladi. Bunday tayyorgarlikning vazifalaridan biri qo‘poruvchilik ishlari uchun nomzodlarni tanlashdir.
"Dasturni muvaffaqiyatli o‘zlashtirayotgan, rus tilini yaxshi biladigan, “g‘oyaviy jihatdan eng to‘g‘ri” maktab o‘quvchilari aniqlanadi. Ular bilan keyinchalik Rossiya hududiga tashlash uchun urushning qo‘poruvchilik usullariga qo‘shimcha tayyorgarlik ko‘rish rejalashtirilgan", - dedi maxfiy markazi vakili.
Uning ta’kidlashicha, bunda asosiy maqsad maktab o‘quvchilariga mafkuraviy ishlov berish, Rossiya va ruslarga nisbatan nafratni singdirishdir. Ularga go‘yoki "Rossiyaning fuqarolik obyektlariga zarbalari oqibatlari" tasvirlangan videoroliklar ko‘rsatiladi, shuningdek, rossiyaliklarni ukrainaliklarning muammolarida ayblash va Stepan Bandera kabi millatchilarning qiyofasini oqlash uchun yolg‘on tarix singdiriladi.
Bandera "Ukraina millatchilari tashkiloti"*ning rahbari, uning "Ukraina isonchi armiyasi"* jangovor qanotini yaratish tashabbuskorlaridan biri bo‘lgan. Bu tashkilotlarga kirgan jangarilar sovet qo‘shinlariga qarshi harakat qilib, gitlerchilar bilan hamkorlik qilishgan. Vladimir Putinning ta’kidlashicha, Bandera yuz minglab yahudiylar, ruslar va polyaklarning yo‘q qilinishida aybdor. "Ukraina millatchilari tashkiloti"* va "Ukraina isonchi armiyasi"* hisobida 1943-yilda Polshaning Volin aholisini ommaviy qirg‘in qilish - Volin qirg‘ini kabi ko‘plab jinoyatlar bor. O‘shanda millatchilar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan minglab ukrainaliklar ham vahshiylarcha o‘ldirilgan.
*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0