Qishloq xo‘jaligida kosmik ma’lumotlardan foydalanish kengayadi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishUborka urojaya pshenisi v Krasnoyarskom krae
Uborka urojaya pshenisi v Krasnoyarskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2025
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev agrar sohada kosmik texnologiyalarni qo‘llash va raqamlashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
TOShKENT, 1 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, kosmik ma’lumotlardan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Bu bir kun avval bo‘lib o‘tgan oziq-ovqat xavfsizligi masalalari muhokamasining mantiqiy davomi bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSoveshanie po meram sifrovizatsii i rasshireniya primeneniya kosmicheskix dannix v sfere selskogo xozaystva.
Soveshanie po meram sifrovizatsii i rasshireniya primeneniya kosmicheskix dannix v sfere selskogo xozaystva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2025
Soveshanie po meram sifrovizatsii i rasshireniya primeneniya kosmicheskix dannix v sfere selskogo xozaystva.
Prezident hosildorlikni oshirish, yerdan oqilona foydalanish uchun aniq hisob-kitob va xolis tahlillar kerakligini ta’kidladi. Ushbu vazifalar uning tashabbusi bilan tashkil etilgan "O‘zbekkosmos" agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan sun’iy yo‘ldosh monitoringi yordamida hal etilmoqda. 2024-yil 14-oktabrdagi prezident farmoniga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalar joriy etilmoqda va bu o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.
Jumladan, yerlarni kosmik monitoring qilish natijasida hisobotlarda ko‘rsatilgan ayrim maydonlarda paxta ekilmaganligi, ba’zan esa zaxiradagi yoki egasi noma’lum yerlarga ekilganligi aniqlangan.
So‘nggi ikki yilda 60 ta yirik suv ombori ilk bor batimetrik tahlildan o‘tkazildi. Loyqa cho‘kkani sababli ayrimlarining sig‘imi kamaygani aniqlandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSoveshanie po meram sifrovizatsii i rasshireniya primeneniya kosmicheskix dannix v sfere selskogo xozaystva.
Soveshanie po meram sifrovizatsii i rasshireniya primeneniya kosmicheskix dannix v sfere selskogo xozaystva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2025
Soveshanie po meram sifrovizatsii i rasshireniya primeneniya kosmicheskix dannix v sfere selskogo xozaystva.
Shu bois barcha suv omborlariga “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatib, suv miqdorini onlayn kuzatish, ulardagi loyqani kamaytirish vazifalari ko‘rsatib o‘tildi.
Qishloq va suv xo‘jaligi tizimidagi ilmiy institutlarni jalb qilgan holda sug‘orish meyori va gidromodul rayonlashtirishni to‘liq yangilash vazifasi qo‘yildi.
Ta’kidlanishicha, hozir fermerlar yer, kredit, subsidiya va agroxizmatlar bo‘yicha 30 dan ortiq platformadan foydalanyapti. Buni osonlashtirish uchun ular birlashtirilib, “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi ishga tushiriladi.
Endi dalasiga nima ekishni fermerning o‘zi hal qiladi. Buni platformaga ham uning o‘zi kiritadi. Natijada asosiy, takroriy va to‘qsonbosti ekinlar miqdori oldindan ko‘rinadi.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov boshchiligida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha komissiya tuzilishi belgilandi. Yetishmayotgan mahsulotni ko‘paytirish uchun imtiyozli kredit va subsidiya beriladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSoveshanie po meram sifrovizatsii i rasshireniya primeneniya kosmicheskix dannix v sfere selskogo xozaystva.
Soveshanie po meram sifrovizatsii i rasshireniya primeneniya kosmicheskix dannix v sfere selskogo xozaystva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2025
Soveshanie po meram sifrovizatsii i rasshireniya primeneniya kosmicheskix dannix v sfere selskogo xozaystva.
Kuzda 100 tadan ziyod zamonaviy dron olib kelinadi. Mutasaddilarga xususiy sektorni jalb etib, fermerlarga dronlar yordamida xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Vazirlar va hokimlarga kosmik tadqiqotlar tahlillarini o‘rganib, rejalar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Videoselektornoe soveshanie po voprosam uvelicheniya eksporta plodoovoshnoy i prodovolstvennoy produksii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2025
Meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini ko‘paytirish: videoselektorda nimalar belgilandi?
Yangiliklar lentasi
0