https://oz.sputniknews.uz/20250728/samarqand-shahri-yosh-50877128.html
Samarqand shahrining yoshi 3000-yil deb qayta baholanishi kutilmoqda
Samarqand shahrining yoshi 3000-yil deb qayta baholanishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Samarqandning qadimiy o‘rni va yoshini o‘rganish 150-yildan ortiq vaqtdan buyon davom etib, shahar dastlab bundan 1500-yil oldin, keyinchalik 2000 ming yil, 1970-yilda 2500-yil oldin shakllanganligi borasida xulosalarga kelingan edi.2000 yillarda esa O‘zbekiston – Fransiya qo‘shma ekspeditsiyasi yangi ma’lumotlarni aniqladi va Samarqand yoshi 2750-yil deb tasdiqladi. Lekin bu ham yakuniy xulosa emas va shuning uchun shaharning xronologiyasi bo‘yicha tadqiqotlar keyingi yillarda ham davom etib kelmoqda.
2025-07-28T11:19+0500
2025-07-28T11:19+0500
2025-07-28T14:40+0500
jamiyat
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/1c/50886020_126:462:2945:2048_1920x0_80_0_0_a5abc162a11587ef3c113219d93005b0.jpg
TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. Samarqand shahrining yoshiga doir ma’lumotlar qayta ko‘rib chiqilib, 3000-yil deb qayta baholanadi. Bu haqda Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining 24-iyulda o‘tkazilgan navbatdagi sessiyasida qaror qabul qilindi.O‘zA xabariga ko‘ra, Samarqand shahrining yoshiga aniqlik kiritishga mas’ul guruh Afrosiyob va Ko‘ktepa yodgorliklarida, hozirgi Ko‘ksaroy maydoni o‘rnida bo‘lgan Amir Temur arkida fanlararo tadqiqot usullarini qo‘llash orqali kompleks qazuv ishlarini amalga oshirdi.Sessiyada so‘zga chiqqan Camarqand Arxeologiya instituti direktori Mo‘minxon Saidovning so‘zlariga ko‘ra, Samarqandning qadimiy o‘rni va yoshini o‘rganish 150-yildan ortiq vaqtdan buyon davom etib, shahar dastlab bundan 1500-yil oldin, keyinchalik 2000 ming yil, 1970-yilda 2500-yil oldin shakllanganligi borasida xulosalarga kelingan edi.2000 yillarda esa O‘zbekiston – Fransiya qo‘shma ekspeditsiyasi yangi ma’lumotlarni aniqladi va Samarqand yoshi 2750-yil deb tasdiqladi. Lekin bu ham yakuniy xulosa emas va shuning uchun shaharning xronologiyasi bo‘yicha tadqiqotlar keyingi yillarda ham davom etib kelmoqda.Xususan, joriy yildagi qazishma ma’lumotlari Samarqand shahridan 25 kilometr uzoqlikdagi Ko‘ktepa yodgorligida 1993-2006 yillarda olib borilgan qazishma ishlarining tahlili asosida mutaxassislar tomonidan yangi qarashlar shakllanishiga turtki berdi.Qayd qilinishicha, miloddan avvalgi I ming yillik boshlarida, ya’ni bundan 3000 ming yil oldin bu yerda shahar hokimi qarorgohi va ibodatxonani o‘z ichiga olgan yirik shahar shakllangan.Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Samarqand arxeologiya instituti va xalqaro hamkor tashkilotlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha Samarqand shahrining ilk urbanizatsiyasi miloddan avvalgi II minginchi yillik oxiri va I minginchi yillik boshlariga taalluqli ekanligi haqidagi taqdimot materiallarini ma’lumot uchun qabul qilish, Afrosiyob va Ko‘ktepa hududlarida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida topilgan osori-atiqalar, ilmiy ma’lumotlar va hujjatlarni tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20250608/registon-tilla-qori-madrasa-restavratsiya-49778217.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/1c/50886020_236:102:2830:2048_1920x0_80_0_0_551a4557d822e5ffbe9d4a99ee58a765.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
samarqand tarix ma’lumot yoshi
samarqand tarix ma’lumot yoshi
Samarqand shahrining yoshi 3000-yil deb qayta baholanishi kutilmoqda
11:19 28.07.2025 (yangilandi: 14:40 28.07.2025) Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi sessiyasida tegishli qaror qabul qilindi.
TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. Samarqand shahrining yoshiga doir ma’lumotlar qayta ko‘rib chiqilib, 3000-yil deb qayta baholanadi. Bu haqda Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining 24-iyulda o‘tkazilgan navbatdagi sessiyasida qaror qabul qilindi.
O‘zA
xabariga ko‘ra, Samarqand shahrining yoshiga aniqlik kiritishga mas’ul guruh Afrosiyob va Ko‘ktepa yodgorliklarida, hozirgi Ko‘ksaroy maydoni o‘rnida bo‘lgan Amir Temur arkida fanlararo tadqiqot usullarini qo‘llash orqali kompleks qazuv ishlarini amalga oshirdi.
Sessiyada so‘zga chiqqan Camarqand Arxeologiya instituti direktori Mo‘minxon Saidovning so‘zlariga ko‘ra, Samarqandning qadimiy o‘rni va yoshini o‘rganish 150-yildan ortiq vaqtdan buyon davom etib, shahar dastlab bundan 1500-yil oldin, keyinchalik 2000 ming yil, 1970-yilda 2500-yil oldin shakllanganligi borasida xulosalarga kelingan edi.
2000 yillarda esa O‘zbekiston – Fransiya qo‘shma ekspeditsiyasi yangi ma’lumotlarni aniqladi va Samarqand yoshi 2750-yil deb tasdiqladi. Lekin bu ham yakuniy xulosa emas va shuning uchun shaharning xronologiyasi bo‘yicha tadqiqotlar keyingi yillarda ham davom etib kelmoqda.
Xususan, joriy yildagi qazishma ma’lumotlari Samarqand shahridan 25 kilometr uzoqlikdagi Ko‘ktepa yodgorligida 1993-2006 yillarda olib borilgan qazishma ishlarining tahlili asosida mutaxassislar tomonidan yangi qarashlar shakllanishiga turtki berdi.
O‘zbekiston – Fransiya qo‘shma ekspeditsiyasi a’zolari shu vaqtga qadar Ko‘ktepa va Afrosiyobda topilgan materiallarni qayta tahlil qilish orqali Samarqand shahrining shakllanish davri 3000-yilga teng ekanligi borasidagi fikrni ilgari surmoqda.
Qayd qilinishicha, miloddan avvalgi I ming yillik boshlarida, ya’ni bundan 3000 ming yil oldin bu yerda shahar hokimi qarorgohi va ibodatxonani o‘z ichiga olgan yirik shahar shakllangan.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Samarqand arxeologiya instituti va xalqaro hamkor tashkilotlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha Samarqand shahrining ilk urbanizatsiyasi miloddan avvalgi II minginchi yillik oxiri va I minginchi yillik boshlariga taalluqli ekanligi haqidagi taqdimot materiallarini ma’lumot uchun qabul qilish, Afrosiyob va Ko‘ktepa hududlarida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida topilgan osori-atiqalar, ilmiy ma’lumotlar va hujjatlarni tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.