Prezident farmoni bilan qator tayinlovlar amalga oshirildi
11:59 31.07.2025 (yangilandi: 12:19 31.07.2025)

© Sputnik / Bolat Shayxinov
Obuna bo‘lish
Prezident administratsiyasida ham yangi o‘zgarishlar e’lon qilindi.
TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Prezidentning tegishli farmonlari bilan:
Po‘lat Razzaqovich Bobojonov O‘zbekiston prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Galina Karimovna Saidova O‘zbekiston prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Obid Arzikulovich Xakimov O‘zbekiston prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari hamda Prezident administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimidan ozod etildi;
Abdusalam Abdumavlanovich Azizov O‘zbekiston prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Muzaffar Murotovich Kamilov O‘zbekiston prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
Rustam Tuychiyevich Kamilov O‘zbekiston prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo‘yicha sho‘’ba mudiri lavozimidan ozod etildi;
Javlon Abdujalolovich Vaxabov O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari – Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori lavozimiga tayinlandi;
Baxodir Xamidovich Tashmatov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Kamoliddin Karamiddinovich Mardonov O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident administratsiyasi agrar sohada ishlab chiqarish, daromadlarni ko‘paytirish hamda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha tashabbuslarni ishlab chiqish sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etildi;
Ulug‘bek Umaraliyevich Xanayev O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – bosh yuriskonsult lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari – bosh yuriskonsult lavozimidan ozod etildi;
Eldor Otamurodovich Hamroyev O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident administratsiyasi yer munosabatlari va xususiy mulkni himoya qilish sohasida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etildi;
Aziz Xasanovich Azimov O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo‘yicha sho‘’basi bosh konsultanti lavozimidan ozod etildi;
Sergey Nikolayevich Gordeyev O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departament boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident administratsiyasi ichki ishlar va bojxona organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etildi;
Gulruxsor Kudratovna Xatamova O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident administratsiyasi jamoat fikrini o‘rganish va tahlil qilish sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etildi;
Farrux Farxodjonovich Omonov O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident administratsiyasi axborot ta’minoti va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etildi;
Rustam Ravshanovich Mirzayev O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati kompleks axborot-targ‘ibot va mafkuraviy tadbirlarni amalga oshirish sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.
Fatxiddin Fazliddinovich Muxiddinov O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi Yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
Xusniddin Kamalitdinovich Xashimov O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi Yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident administratsiyasining Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamenti Administratsiya faoliyatining axborot ta’minoti sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etildi;
O‘lug‘bek Rauf o‘g‘li Normatov O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi Tashqi aloqalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident administratsiyasi jamoat fikrini o‘rganish va tahlil qilish sho‘’basi yetakchi konsultanti lavozimidan ozod etildi;
Ulug‘bek Shuxratjonovich Xusainov Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Oybek Ulugbekovich Umarov O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi ishlar boshqaruvchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamenti xo‘jalik faoliyati sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.
Nozimaxon Eldarovna Davletova O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti – Inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi rahbari lavozimiga tayinlandi.
