Saida Mirziyoyeva prezident Administratsiyasi rahbari bo‘ldi — yangi tayinlovlar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaUkazom prezidenta Respubliki Uzbekistan vneseni izmeneniya v strukturu Administratsii Prezidenta.
Ukazom prezidenta Respubliki Uzbekistan vneseni izmeneniya v strukturu Administratsii Prezidenta.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2025
Obuna bo‘lish
Prezident Administratsiyasi tarkibiga qator o‘zgartirishlar kiritildi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan prezident Administratsiyasi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritildi. Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tashkil qilindi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Saida Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi”, — deyiladi xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaUkazom prezidenta Respubliki Uzbekistan vneseni izmeneniya v strukturu Administratsii Prezidenta.
Ukazom prezidenta Respubliki Uzbekistan vneseni izmeneniya v strukturu Administratsii Prezidenta.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2025
Ukazom prezidenta Respubliki Uzbekistan vneseni izmeneniya v strukturu Administratsii Prezidenta.
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmonlari bilan:
Bekzot Mavlonov prezidentning yordamchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
Aziz Magrupov prezidentning tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning yordamchisi lavozimidan ozod etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaUkazom prezidenta Respubliki Uzbekistan vneseni izmeneniya v strukturu Administratsii Prezidenta.
Ukazom prezidenta Respubliki Uzbekistan vneseni izmeneniya v strukturu Administratsii Prezidenta.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2025
Ukazom prezidenta Respubliki Uzbekistan vneseni izmeneniya v strukturu Administratsii Prezidenta.
Quyidagilar boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimdan ozod etildi:
Saidlaziz Saidkarimov prezident Administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan;
O‘tkirjon Qodirov prezident Administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamentining rahbari lavozimidan;
Jahongir Ibragimov prezidenti Administratsiyasi Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimidan.
Saida Mirziyoyeva Moskvada prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosarlari bilan uchrashdi
V zavershenie vizita v Moskvu sostoyalas vstrecha s Predsedatelem Pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Mixailom Mishustinim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2025
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan uchrashdi
Yangiliklar lentasi
0