O‘zbekiston MDH Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi yig‘ilishida ishtirok etdi

© Ombudsmen Moskalkova TatyanaPo itogam 4-go zasedaniya Komissii po pravam cheloveka SNG prinyali zayavlenie Komissii po sluchayu 30-letiya so dnya prinyatiya Konvensii SNG o pravax i osnovnix svobodax cheloveka.
Po itogam 4-go zasedaniya Komissii po pravam cheloveka SNG prinyali zayavlenie Komissii po sluchayu 30-letiya so dnya prinyatiya Konvensii SNG o pravax i osnovnix svobodax cheloveka. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2025
Obuna bo‘lish
Majlisda komissiya MDHning Inson huquqlari va asosiy erkinliklari to‘g‘risidagi konvensiyasi qabul qilinganining 30-yilligi munosabati bilan bayonot qabul qildi.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Rossiya Inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Moskalkova raisligida MDH Inson huquqlari komissiyasining to‘rtinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha vakili xabar berdi.
Moskvada bo‘lib o‘tgan majlisda komissiya tomonidan MDHning Inson huquqlari va asosiy erkinliklari to‘g‘risidagi konvensiyasi qabul qilinganining 30-yilligi munosabati bilan bayonot qabul qilindi.
© Pravovoy departament Ispolnitelnogo komiteta SNGV Moskve proshlo zasedanie Komissii po pravam cheloveka Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv
V Moskve proshlo zasedanie Komissii po pravam cheloveka Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2025
V Moskve proshlo zasedanie Komissii po pravam cheloveka Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv
Yig‘ilish avvalida MDH bosh kotibi Sergey Lebedev Komissiya a’zolariga qutlov so‘zi bilan murojaat qildi.

“Bu galgi yig‘ilish Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligini nishonlash arafasida o‘tayotgani quvonarlidir. Zero 2025-yil Hamdo‘stlikda Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi – Natsizmga qarshi kurashda tinchlik va birdamlik yili deb e’lon qilingan”, — dedi u.

“Tadbir davomida ishtirokchilar MDHning Inson huquqlari va asosiy erkinliklari to‘g‘risidagi konvensiyasi qabul qilinganining 30-yilligi hamda 1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi sovet xalqining G‘alabasining 80-yilligi munosabati bilan Komissiyaning bayonotlarini qabul qilishdi, — deyiladi xabarda.
Tatyana Moskalkova “Inson huquqlari bo‘yicha vakil maqomi to‘g‘risida”gi namunaviy qonunning yangi tahriri bo‘yicha takliflarni taqdim etdi.
“Namunaviy qonun 20-yil avval qabul qilingan. Bu vaqt ichida nafaqat Hamdo‘stlik mamlakatlari qonunchiligi, balki inson huquqlari bo‘yicha faoliyat amaliyoti ham sezilarli darajada o‘zgardi. Tinchlik, barqarorlik, inson huquqlari kafolatlariga yangi chaqiriq va tahdidlar paydo bo‘ldi. Bunday vaziyatda mamlakatlarimizda inson huquqlari bo‘yicha ombudsmanlar faoliyatining huquqiy asoslarini yangilash zarurligi haqida savol tug‘ilishi tabiiy. MDHning Inson huquqlari komissiyasi ushbu muammoni hal qilish uchun maxsus ishchi guruh tuzdi. Qo‘shma ish va namunaviy qonun ijodkorligi do‘st davlatlarning huquqiy pozitsiyalarini birlashtirishga, inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini ilgari surish va himoya qilish bo‘yicha milliy inson huquqlari institutlariga qo‘shimcha ko‘rsatmalar berishga imkon beradi”, — dedi Tatyana Moskalkova.
© Ombudsmen Moskalkova TatyanaPo itogam 4-go zasedaniya Komissii po pravam cheloveka SNG prinyali zayavlenie Komissii po sluchayu 30-letiya so dnya prinyatiya Konvensii SNG o pravax i osnovnix svobodax cheloveka.
Po itogam 4-go zasedaniya Komissii po pravam cheloveka SNG prinyali zayavlenie Komissii po sluchayu 30-letiya so dnya prinyatiya Konvensii SNG o pravax i osnovnix svobodax cheloveka. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2025
Po itogam 4-go zasedaniya Komissii po pravam cheloveka SNG prinyali zayavlenie Komissii po sluchayu 30-letiya so dnya prinyatiya Konvensii SNG o pravax i osnovnix svobodax cheloveka.
O‘zbekiston ombudsmani Feruza Eshmatova yoshlar huquqlariga rioya qilish bo‘yicha tematik ma’ruza tayyorlashning borishi haqida ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, kun tartibining boy va samarali bo‘lishi davlatlarning inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini mustahkamlashdan yuqori darajada qiziqishi, normativ-huquqiy bazani va amaliy hamkorlikni yanada takomillashtirishga intilishidan dalolat beradi.
MDH Inson huquqlari komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini 2025-yil dekabr oyi boshida Minsk shahrida o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0