O‘zbekiston 5 ta davlat bilan transport loyihalarini muvofiqlashtirishga kelishib oldi

© business.com.tmMejdunarodnie transportnie koridori v Sentralnoy Azii
Mejdunarodnie transportnie koridori v Sentralnoy Azii
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2025
Obuna bo‘lish
Ishchi guruh “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” xalqaro transport yo‘lagini muhokama qildi.
TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. “Belarus - Rossiya - Qozog‘iston - O‘zbekiston - Afg‘oniston – Pokiston” multimodal transport yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev ishtirokidagi yig‘ilishda yangi multimodal transport koridori orqali yuk tashishni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘z hududlaridan o‘tadigan xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish bilan bog‘liq loyihalarni muvofiqlashtirishga kelishib olishdi.
© Press-slujba Mintransporta UzbekistanaSostoyalos zasedanie rabochey gruppi po razvitiyu multimodalnogo transportnogo koridora "Belarus – Rossiya – Kazaxstan – Uzbekistan – Afganistan – Pakistan"
Sostoyalos zasedanie rabochey gruppi po razvitiyu multimodalnogo transportnogo koridora Belarus – Rossiya – Kazaxstan – Uzbekistan – Afganistan – Pakistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2025
Sostoyalos zasedanie rabochey gruppi po razvitiyu multimodalnogo transportnogo koridora "Belarus – Rossiya – Kazaxstan – Uzbekistan – Afganistan – Pakistan"
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil noyabrida Toshkentda ShHT davlatlarining birinchi transport forumi doirasida “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” xalqaro transport koridorini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolangan edi.
Termizda “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2024
Yangi multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi
Yangiliklar lentasi
0