Yangi multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi

© Ministerstvo transporta respubliki Uzbekistan Termizda “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Termizda “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2024
Obuna bo‘lish
Termizda “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Termizda “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda davlatlarning transport vazirligi rahbarlari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda mazkur multimodal transport koridorini rivojlantirish yo‘li bilan Markaziy Osiyo va MDHga a’zo davlatlarni O‘zbekiston orqali Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘lash va yurtimizning tranzit salohiyatini yanada oshirish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar o‘rtasida yo‘l xaritasi imzolandi.

“Mazkur yo‘l xaritasida yuk tashuvlarini rivojlantirish bo‘yicha aniq rejalarni amalga oshirish belgilangan. Xususan, yuk tahlillarini olib borish, tashuv jarayonida elektron raqamli hujjatlardan foydalanish, tashuv jarayonlarini soddalashtirish bilan O‘zbeksiton – Afg‘oniston – Pokiston orqali tranzit yuk tashuvlarini oshirish ko‘zda tutilgan”, — deyiladi xabarda.

Rossiya tomoni Transafg‘on temir yo‘li qurilishi va shu maqsadda manfaatdor davlatlar o‘rtasida Konsorsium tuzishni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Loyihada ishtirok etishni texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish va ishni birgalikda moliyalashtirish nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish mumkin.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda Afg‘oniston orqali tranzit yuk tashish hajmi 30 foizdan ortiq oshib, qariyb 1 million tonnani tashkil etdi. 2021-yilda O‘zbekiston hamda Pokiston o‘rtasida tranzit savdo to‘g‘risida bitim imzolangandan so‘ng mamlakatlar o‘rtasida yuk tashuvlari hajmi ortib bormoqda.
2022 yilda ikki mamlakat o‘rtasida Afg‘oniston orqali yuk tashuvlari 2021-yilga nisbatan ikki yarim barobarga oshib, 675 ming tonnani tashkil etdi.
Shu yilda mazkur koridor orqali O‘zbekiston 1 mln tonnadan ortiq yuk tashishni rejalashtirgan.
Ekspert Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi yangi temir yo‘l koridorining ahamiyati haqida
Tadbir ishtirokchilari 2024-yil 14-19 may kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan “Rossiya – Islom olami: KazanForum 2024” Xalqaro iqtisodiy forumida xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishni o‘tkazishga kelishib olishdi.
Perevozka konteynerov po jeleznoy doroge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2024
Rossiya qo‘llab-quvvatlaydi: Markaziy Osiyodagi yirik transport loyihalarining istiqbollari
Yangiliklar lentasi
0