Andijonda robotlashtirilgan texnologiyalarga ega innovatsion klinika barpo etiladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishRobot-dezinfektor, arxivnoe foto
Robot-dezinfektor, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2025
Obuna bo‘lish
Robot-texnologiyalarni Germaniya, Turkiya va Yaponiyadan olib kelish ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. Andijonda 40 million dollar sarmoya evaziga robotlashtirilgan texnologiyalarga ega innovatsion klinika barpo etish rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Andijon viloyatidagi yangi rejalar yuzasidan axborot berish chog‘ida ma’lum bo‘ldi.
Qayd etilishicha, robot-texnologiyalarni Germaniya, Turkiya va Yaponiyadan olib kelish ko‘zda tutilgan.
Yoki elchilar yordami bilan agroklaster tashkil qilishga Italiyadan 20 million yevro, zamonaviy agrologistika majmuasi qurishga Germaniyadan 25 million yevro jalb etilishi mo‘ljallangan. Xonobod shahri, Xo‘jaobod va Buloqboshida turistik maskanlar tashkil qilish bo‘yicha 30 tadan ziyod tashabbuslar bildirilgan.
Ma’lum qilinishicha, viloyatda jami 1,1 milliard dollarlik qo‘shimcha loyihalar shakllantirildi, bu 22 mingta ish o‘rni yaratish va eksportni 200 million dollarga oshirish imkonini beradi.
Prezident loyihalarni investitsiya faolligi past bo‘lgan tumanlarda amalga oshirish zarurligini ta’kidlab, ishsiz aholini band qilish, mahallalarni xavfsiz hududga aylantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu mnogoprofilnogo kardiologicheskogo sentra v gorode Shaxrisabze. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2025
O‘zbekistonning barcha hududlarida innovatsion klinikalar ochiladi
Yangiliklar lentasi
0