Samarqanddagi Tilla Qori madrasasi restavratsiya qilinadi

© Sputnik / Aktan TemirkanovPloshad Registan v Samarkande s tremya medrese Ulugbeka, Sherdor, Tillya-Kari
Ploshad Registan v Samarkande s tremya medrese Ulugbeka, Sherdor, Tillya-Kari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2025
Obuna bo‘lish
Ilmiy-ekspert kengashi restavratsiya jarayoniga yodgorlikning bezaklariga ziyon yetkazmaslik sharti bilan rozi bo‘ldi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi madaniy merosni asrashga qaratilgan 100 dan ortiq qarorlar qabul qildi, deya xabar berdi agentlik matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, majlisda 120 ga yaqin loyiha ko‘rib chiqilgan. Ilmiy kengash qaroriga ko‘ra, Tilla qori madrasasi restavratsiya qilinadi.
“Samarqand shahar, Registon maydonida joylashgan “Tilla Kori” madrasasini restavratsiya va tiklash ishlari jarayonida yodgorlikning bezaklariga ziyon yetkazmaslik sharti bilan ma’qullansin. Loyihadagi ishlarning amalga oshirilish nazorati loyiha muallifi va Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasi zimmasiga yuklansin”, — deyilgan yig‘ilish bayonnomasida.
Quyidagilar ma’lum qilindi:
Samarqand viloyatida joylashgan “So‘fi Olloyor” masjidida ta’mirlash-tiklash ishlari loyihasi ham ma’qullandi.
Shahrisabz shahar tarixiy markazida joylashgan “Qal’a devori” madaniy meros obyekti mukammal ta’mirlanadi. Bunda ganch suvoq qilmaslik sharti belgilandi.
Qashqadaryo viloyatidagi “Soqi Mavlon ota” maqbarasini tarixiy va tabiiy landshaft ko‘rinishini saqlagan holda kompleks ziyoratgohga aylantirish taklifi ma’qullandi.
Surxondaryo viloyatidagi “Tuz g‘ori” madaniy meros obyekti ham mukammal ta’mirlanadi.
Aytilishicha, Jizzax viloyatidagi “Toshbuloq” hamda “To‘g‘onbuloq” arxeologik yodgorliklarini moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritiladi.
Namangan viloyatidagi “G‘urumsaroy” (“Xolmatboy”) masjidi hududida yangi masjid barpo etish, Andijon viloyatidagi “Hotamxon to‘ra” masjidi arxitektura yodgorligida mavjud xonaqo qismida qo‘shimcha bino qurish kabi loyihalar rad etildi.
“Umumiy hisobda Buxoro, Toshkent va Samarqand shaharlari, Buxoro, Namangan, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari bo‘yicha 11 ta loyiha tarixiy yodgorliklarning tashqi ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi, Kengash tomonidan berilgan tavsiyalar to‘liq bajarilmaganligi bois tasdiqdan o‘tmadi”, — deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0