TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda yangi turdagi yuk ko‘taruvchi temir yo‘l vagonlarini ishlab chiqarish boshlanmoqda. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, Andijon mexanika zavodi Olmaliq kon metallurgiya kombinati bilan hamkorlikda 6 o‘qli, 115 tonna yuk ko‘taruvchi dumpkar-samosval vagonlarini ishlab chiqarish mahalliylashtirildi.Ushbu yo‘nalishdagi ilk vagonni O‘zbekiston mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan 2025-yil avgust oyida jo‘natish rejalashtirilgan.Loyiha 2024-yil 21-noyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari”, Andijon mexanika zavodi hamda Olmaliq kon metallurgiya kombinati o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida amalga oshirilmoqda. Uning umumiy qiymati – 501,76 mlrd so‘m.Shuningdek, "Navoiyuran" DK buyurtmasiga asosan 2025-yil davomida 45 dona 15−9724 va 15−9724−04 rusumli vagon-sisternalar ishlab chiqarilib, qiymati 59 mlrd so‘m miqdoridagi mahsulot yetkazib berildi. Ularning 10 donasi foydalanishga topshirilgan.Mahalliylashtirilgan mahsulotlar eksport ham qilinmoqda. Xususan, Turkmanistonning “Ege Logistika” kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma asosida umumiy qiymati 4,452 mln dollar bo‘lgan 56 dona 15−9721 rusumli neft mahsulotlari tashuvchi vagon sisternalar yetkazib berilmoqda. Hozir bu kompaniyaga 6 dona vagon (477 ming dollar) jo‘natilgan. Shuningdek, turkmanistonlik tadbirkorga ham shuncha miqdorda eksport amalga oshirilmoqda.Qozog‘istonning “Kazsink Temir Trans” kompaniyasi uchun esa O‘zbekiston hududida qayta ishlangan, oltingugurt kislotasini tashuvchi 10 dona vagon-sisternalar eksport qilinmoqda. Shartnoma qiymati 301 ming dollarga teng.
Olti o‘qli, 115 tonna yuk ko‘taruvchi dumpkar-samosval vagonlarini ishlab chiqarish mahalliylashtirildi.
TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda yangi turdagi yuk ko‘taruvchi temir yo‘l vagonlarini ishlab chiqarish boshlanmoqda. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Andijon mexanika zavodi Olmaliq kon metallurgiya kombinati bilan hamkorlikda 6 o‘qli, 115 tonna yuk ko‘taruvchi dumpkar-samosval vagonlarini ishlab chiqarish mahalliylashtirildi.
Ushbu yo‘nalishdagi ilk vagonni O‘zbekiston mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan 2025-yil avgust oyida jo‘natish rejalashtirilgan.
Loyiha 2024-yil 21-noyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari”, Andijon mexanika zavodi hamda Olmaliq kon metallurgiya kombinati o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida amalga oshirilmoqda. Uning umumiy qiymati – 501,76 mlrd so‘m.
Shuningdek, "Navoiyuran" DK buyurtmasiga asosan 2025-yil davomida 45 dona 15−9724 va 15−9724−04 rusumli vagon-sisternalar ishlab chiqarilib, qiymati 59 mlrd so‘m miqdoridagi mahsulot yetkazib berildi. Ularning 10 donasi foydalanishga topshirilgan.
Mahalliylashtirilgan mahsulotlar eksport ham qilinmoqda. Xususan, Turkmanistonning “Ege Logistika” kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma asosida umumiy qiymati 4,452 mln dollar bo‘lgan 56 dona 15−9721 rusumli neft mahsulotlari tashuvchi vagon sisternalar yetkazib berilmoqda. Hozir bu kompaniyaga 6 dona vagon (477 ming dollar) jo‘natilgan. Shuningdek, turkmanistonlik tadbirkorga ham shuncha miqdorda eksport amalga oshirilmoqda.
Qozog‘istonning “Kazsink Temir Trans” kompaniyasi uchun esa O‘zbekiston hududida qayta ishlangan, oltingugurt kislotasini tashuvchi 10 dona vagon-sisternalar eksport qilinmoqda. Shartnoma qiymati 301 ming dollarga teng.