https://oz.sputniknews.uz/20250717/toshkent-yuk-vagon-deposi-ayol-kran-boshqaruvchi-50610109.html
Balandlik malikasi: Toshkent yuk vagon deposining yagona ayol kran boshqaruvchisi qanday ishlaydi
Balandlik malikasi: Toshkent yuk vagon deposining yagona ayol kran boshqaruvchisi qanday ishlaydi
Sputnik O‘zbekiston
Regina Yesimxanova "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning 1-sonli Toshkent yuk vagon deposida ishlamoqda. U ko‘prikli kran boshqaruvchisi. Regina Aleksandrovna bunday murakkab va ayollar uchun noodatiy kasbni 35-yil oldin, o‘sha paytda Toshkent teplovoz ta’mirlash zavodida ishlab yurgan onasining maslahati bilan tanlagan.O‘sha paytda, qayta qurish davrida, ishonchli va barqaror ishni topish oson emas edi. Shuning uchun, Regina Aleksandrovna, qo‘liga oshpazlik bilim yurti diplomini endigina olganiga qaramay, “balandlikni” tanladi va bundan hech qachon afsuslanmadi. U ishga joylashdi, kran boshqaruvchilari kurslarini o‘tadi va po‘lat quyish sexida amaliyotni boshladi. Regina Aleksandrovna doim o‘z ishi haqida iliqlik va alohida mehr bilan so‘zlaydi.
2025-07-17T18:31+0500
2025-07-17T18:31+0500
2025-07-17T18:31+0500
video
o‘zbekiston
toshkent
o‘zbekiston temir yo‘llari
ayollar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/11/50597268_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_bc87301438e36b6a558c4b7d8efc3f29.jpg
Regina Yesimxanova "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning 1-sonli Toshkent yuk vagon deposida ishlamoqda. U ko‘prikli kran boshqaruvchisi. Regina Aleksandrovna bunday murakkab va ayollar uchun noodatiy kasbni 35-yil oldin, o‘sha paytda Toshkent teplovoz ta’mirlash zavodida ishlab yurgan onasining maslahati bilan tanlagan.O‘sha paytda, qayta qurish davrida, ishonchli va barqaror ishni topish oson emas edi. Shuning uchun, Regina Aleksandrovna, qo‘liga oshpazlik bilim yurti diplomini endigina olganiga qaramay, “balandlikni” tanladi va bundan hech qachon afsuslanmadi. U ishga joylashdi, kran boshqaruvchilari kurslarini o‘tadi va po‘lat quyish sexida amaliyotni boshladi. Regina Aleksandrovna doim o‘z ishi haqida iliqlik va alohida mehr bilan so‘zlaydi.Kran boshqaruvchisi bo‘lish uchun uzoq tayyorgarlik va o‘qish talab qilinmaydi. Ammo, bu kasb juda murakkab. U insondan maksimal e’tiborli bo‘lishni talab qiladi. Bundan tashqari, inson stressga chidamli, mas’uliyatli, diqqatni jamlay oladigan va, albatta, balandlikni sevadigan bo‘lishi kerak. Ular uchun texnik xavfsizlik qoidalari - hayot tarzi. Shuningdek, ularning kasbiy leksikasi ham bor.Kran boshqaruvchilari stropalchi va chilangarlar bilan chambarchas, 2 ga 2 jadval bo‘yicha ishlaydi. Ular ham ish kunlari, ham bayramlarni depoda o‘tkazadi.Regina Aleksandrovna ish tajribasi davomida turli xildagi: ko‘prikli, “kozlovoy”, greyfer, magnit va boshqa kranlarni boshqarishni o‘rgangan. Bugungi kunda uning o‘z shogirdlari va amaliyotchilari ham bor. Depoda Regina Aleksandrovna yagona ayol kran boshqaruvchisidir. Rahbariyat va hamkasblar Regina Aleksandrovnani juda hurmat qiladi va qadrlaydi. U 2024-yilda "Do‘stlik" ordeniga sazovor bo‘ldi. Ammo hayotidagi eng katta mukofot, u ishda bo‘lajak turmush o‘rtog‘i, qo‘shni g‘ildirak sexida ishlaydigan Aleksey Yesimxanovni uchratgani bo‘ldi. Ushbu kasbning o‘ziga xos jihatlari, nima uchun kran boshqaruvchisining ishini zargar ishi bilan taqqoslashlari va balandlik nimasi bilan jozibali ekanligi haqida Sputnik O‘zbekistonning to‘g‘ridan-to‘g‘ri depodan tayyorlangan reportajida tomosha qiling.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/11/50597268_265:0:1705:1080_1920x0_80_0_0_8bd6b2110f62a9b0a78b86c7ea8aea22.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent yuk vagon deposi ayol kran boshqaruvchisi
toshkent yuk vagon deposi ayol kran boshqaruvchisi
Balandlik malikasi: Toshkent yuk vagon deposining yagona ayol kran boshqaruvchisi qanday ishlaydi
Eksklyuziv
Stressga chidamlilik, mas’uliyat, yuqori darajadagi diqqatni jamlash va balandlikka muhabbat — bu fazilatlar ushbu kasb vakillarini ajratib turadi. Sputnik O‘zbekiston muxbirlari ana shunday mutaxassislardan biri — Regina Yesimxanova bilan tanishdilar.
Regina Yesimxanova "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning 1-sonli Toshkent yuk vagon deposida ishlamoqda. U ko‘prikli kran boshqaruvchisi.
Regina Aleksandrovna bunday murakkab va ayollar uchun noodatiy kasbni 35-yil oldin, o‘sha paytda Toshkent teplovoz ta’mirlash zavodida ishlab yurgan onasining maslahati bilan tanlagan.
O‘sha paytda, qayta qurish davrida, ishonchli va barqaror ishni topish oson emas edi. Shuning uchun, Regina Aleksandrovna, qo‘liga oshpazlik bilim yurti diplomini endigina olganiga qaramay, “balandlikni” tanladi va bundan hech qachon afsuslanmadi. U ishga joylashdi, kran boshqaruvchilari kurslarini o‘tadi va po‘lat quyish sexida amaliyotni boshladi.
Regina Aleksandrovna doim o‘z ishi haqida iliqlik va alohida mehr bilan so‘zlaydi.
“Bizning seximiz markaziy. Vazifamiz vagonlarni ta’mirlashga olib kelganda, ularni ko‘tarib qismlarini turli sexlarga jo‘natishdan iborat. Masalan, ertalab yig‘ilishga boraman, depoda sukunat, hech narsa ishlamaydi. Yig‘ilish tugashi bilan kranga o‘tiraman. Menga bu yoqadi, harakatlanishni boshlayman, barcha yigitlarimiz ham kaskalarini kiyib, ishga kirishib, boltlarni burashni boshlaydi — sex ishga tushadi. Hammaga ish berib bo‘lganimdan keyin, taxminan 15 daqiqadan so‘ng, boshqa sexlar ham ishlay boshlaydi. Yana 15 daqiqadan keyin butun depo ishga tushadi. Hamma ishlaydi, shovqin ko‘tariladi... Bu lahza menga juda yoqadi. Ba’zan kranda o‘tirib o‘ylayman: “Bu yerda men boshliqman”, — deydi u jilmayib.
Kran boshqaruvchisi bo‘lish uchun uzoq tayyorgarlik va o‘qish talab qilinmaydi. Ammo, bu kasb juda murakkab. U insondan maksimal e’tiborli bo‘lishni talab qiladi. Bundan tashqari, inson stressga chidamli, mas’uliyatli, diqqatni jamlay oladigan va, albatta, balandlikni sevadigan bo‘lishi kerak. Ular uchun texnik xavfsizlik qoidalari - hayot tarzi. Shuningdek, ularning kasbiy leksikasi ham bor.
Kran boshqaruvchilari stropalchi va chilangarlar bilan chambarchas, 2 ga 2 jadval bo‘yicha ishlaydi. Ular ham ish kunlari, ham bayramlarni depoda o‘tkazadi.
Regina Aleksandrovna ish tajribasi davomida turli xildagi: ko‘prikli, “kozlovoy”, greyfer, magnit va boshqa kranlarni boshqarishni o‘rgangan. Bugungi kunda uning o‘z shogirdlari va amaliyotchilari ham bor.
Depoda Regina Aleksandrovna yagona ayol kran boshqaruvchisidir. Rahbariyat va hamkasblar Regina Aleksandrovnani juda hurmat qiladi va qadrlaydi.
U 2024-yilda "Do‘stlik" ordeniga sazovor bo‘ldi. Ammo hayotidagi eng katta mukofot, u ishda bo‘lajak turmush o‘rtog‘i, qo‘shni g‘ildirak sexida ishlaydigan Aleksey Yesimxanovni uchratgani bo‘ldi.
Ushbu kasbning o‘ziga xos jihatlari, nima uchun kran boshqaruvchisining ishini zargar ishi bilan taqqoslashlari va balandlik nimasi bilan jozibali ekanligi haqida
Sputnik O‘zbekistonning to‘g‘ridan-to‘g‘ri depodan tayyorlangan reportajida tomosha qiling.