https://oz.sputniknews.uz/20250722/ozbekiston-elektr-energiyasi-50711653.html
O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi
O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, birinchi marta elektr energiyasi iste’molida yozgi ko‘rsatkichlar qishki maksimal ko‘rsatkichlardan oshdi.2025 yil 18-iyul kunlik iste’mol miqdori 272,6 mln kVt•soat, bu qishki maksimumdan (271,8 mln kVt•soat) va avvalgi yozgi rekorddan (253,3 mln kVt•soat) oshib ketdi.21 iyul kuni soat 17:00 da energetika tizimining maksimal quvvati 13,3 GVtga yetdi, bu qishki rekorddan (12,5 GVt) va 2024-yil iyul oyidagi ko‘rsatkichlardan (11,8 GVt) yuqori.
2025-07-22T16:46+0500
2025-07-22T16:46+0500
2025-07-22T16:46+0500
jamiyat
o‘zbekiston
energetika vazirligi
elektr energiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45296173_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_2646c31c1f09e93b94f554fc703fbcda.jpg
TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. 2025-yil 16-iyuldan 21-iyulgacha bo‘lgan anomal issiq davrda O‘zbekiston energetika tizimida sutkalik elektr energiyasi iste’moli va yuklamasi bo‘yicha yangi tarixiy rekordlar qayd etildi, deya xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.Ta’kidlanishicha, birinchi marta elektr energiyasi iste’molida yozgi ko‘rsatkichlar qishki maksimal ko‘rsatkichlardan oshdi.2025 yil 18-iyul kunlik iste’mol miqdori 272,6 mln kVt•soat, bu qishki maksimumdan (271,8 mln kVt•soat) va avvalgi yozgi rekorddan (253,3 mln kVt•soat) oshib ketdi.21 iyul kuni soat 17:00 da energetika tizimining maksimal quvvati 13,3 GVtga yetdi, bu qishki rekorddan (12,5 GVt) va 2024-yil iyul oyidagi ko‘rsatkichlardan (11,8 GVt) yuqori.Eng katta o‘sish Toshkent shahrida qayd etildi: sutkalik iste’mol - 32,4 mln kVt•soat (2024 yilda kuzatilgan maksimal iste’mol - 30,5 mln kVt•soat)ga yetib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 33%ga ko‘pni tashkil etdi.Eng yuqori yuklama soat 14:52 da — 1811 MVt (2024 yilda - 1680 MVt)ni tashkil qildi.Joriy iste’mol darajasi 2024-yil iyul oyining shu davriga nisbatan 7,6 foizga yuqori bo‘lib, oy boshidan buyon o‘sish 11,0 foizni tashkil etdi.Vazirlik iste’molchilardan elektr energiyasidan imkon qadar tejamkorlik bilan foydalanishlarini so‘ramoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20250720/samarqand-chiqindi-elektr-energiyasi-zavod-50665864.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45296173_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_831c90f729942681ef3548f3a6261efe.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston elektr energiyasi iste’moli
o‘zbekiston elektr energiyasi iste’moli
O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi
Eng katta o‘sish Toshkent shahrida qayd etildi: sutkalik iste’mol - 32,4 mln kVt•soatga yetdi.
TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. 2025 yil 16-iyuldan 21-iyulgacha bo‘lgan anomal issiq davrda O‘zbekiston energetika tizimida sutkalik elektr energiyasi iste’moli va yuklamasi bo‘yicha yangi tarixiy rekordlar qayd etildi, deya
xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, birinchi marta elektr energiyasi iste’molida yozgi ko‘rsatkichlar qishki maksimal ko‘rsatkichlardan oshdi.
2025 yil 18-iyul kunlik iste’mol miqdori 272,6 mln kVt•soat, bu qishki maksimumdan (271,8 mln kVt•soat) va avvalgi yozgi rekorddan (253,3 mln kVt•soat) oshib ketdi.
21 iyul kuni soat 17:00 da energetika tizimining maksimal quvvati 13,3 GVtga yetdi, bu qishki rekorddan (12,5 GVt) va 2024-yil iyul oyidagi ko‘rsatkichlardan (11,8 GVt) yuqori.
Eng katta o‘sish Toshkent shahrida qayd etildi: sutkalik iste’mol - 32,4 mln kVt•soat (2024 yilda kuzatilgan maksimal iste’mol - 30,5 mln kVt•soat)ga yetib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 33%ga ko‘pni tashkil etdi.
Eng yuqori yuklama soat 14:52 da — 1811 MVt (2024 yilda - 1680 MVt)ni tashkil qildi.
Joriy iste’mol darajasi 2024-yil iyul oyining shu davriga nisbatan 7,6 foizga yuqori bo‘lib, oy boshidan buyon o‘sish 11,0 foizni tashkil etdi.
Vazirlik iste’molchilardan elektr energiyasidan imkon qadar tejamkorlik bilan foydalanishlarini so‘ramoqda.