https://oz.sputniknews.uz/20250724/er-qari-huquqbuzarlik-50819041.html
Yer qa’ridan foydalanishga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi
Yer qa’ridan foydalanishga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yer qa’ridan foydalanishga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi. Hukumat qarori bilan “Yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan jismoniy shaxslarni pul mukofoti bilan rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
2025-07-24T12:33+0500
2025-07-24T12:33+0500
2025-07-24T12:33+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yer mulki
qaror
pul
mukofot
qazilma boyliklari
jarima
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1b/39362043_0:154:1980:1268_1920x0_80_0_0_c7dc2aa3a06892172a73e7487a46166d.jpg
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda yer qa’ridan foydalanishga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi. Hukumat qarori bilan “Yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan jismoniy shaxslarni pul mukofoti bilan rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.Foto va video materiallarda quyidagilar aks ettirilishi kerak:Foto va video materiallar 15 ish kunida ko‘rib chiqiladi.Foto va video materiallarni yuborgan shaxslar quyidagi miqdorlarda pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:
https://oz.sputniknews.uz/20250624/markaziy-osiyo-minerallar-jahon-markaz-50139945.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1b/39362043_0:0:1760:1320_1920x0_80_0_0_48c6533c9e5732dbbfd50cd50648a027.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yer qa’ri huquqbuzarlik rag‘bat
yer qa’ri huquqbuzarlik rag‘bat
Yer qa’ridan foydalanishga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi
Foto va video materiallar 15 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda yer qa’ridan foydalanishga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi. Hukumat qarori bilan “Yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan jismoniy shaxslarni pul mukofoti bilan rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi
nizom tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, shaxslar huquqbuzarlikni videotexnika vositalari orqali qayd etishi hamda “Geomonitoring” tizimi orqali Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga yuborishi lozim.
Foto va video materiallarda quyidagilar aks ettirilishi kerak:
sodir etilgan huquqbuzarlik;
huquqbuzarlik sodir etgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa);
huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, sana va vaqt.
Foto va video materiallar 15 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Foto va video materiallarni yuborgan shaxslar quyidagi miqdorlarda pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:
keng tarqalgan noruda foydali qazilmalarni qonunga xilof ravishda qazib olish yoki boshqa joyga tashish bo‘yicha – huquqbuzardan undirilgan mablag‘lar hisobidan BHMning 1 baravari;
foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xomashoni qayta ishlash sohasidagi boshqa huquqbuzarlik bo‘yicha – huquqbuzardan undirilgan jarima miqdorining 5 foizi.