Markaziy Osiyo muhim minerallar bo‘yicha jahon markaziga aylanish imkoniyatiga ega — vazirlik

© Sputnik / Pavel LisisinGornodobivayushee oborudovanie
Gornodobivayushee oborudovanie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Toshkentda "MINEX Central Asia 2025" forumi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Markaziy Osiyo Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi strategik mavqeyi tufayli muhim minerallar bo‘yicha jahon markaziga aylanish imkoniyatiga ega. Bu haqda O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari Ural Yusupov Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan "MINEX Central Asia 2025" forumi doirasida ma’lum qildi.

"Markaziy Osiyo mamlakatlarida foydali qazilmalar zaxiralari unchalik katta emas, ammo bizda muhim minerallar konlari mavjud. Mintaqaning geologik joylashuvini hisobga olgan holda, biz Markaziy Osiyo bu sohada asosiy markazga aylanishi mumkinligiga ishonamiz", — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston mintaqadagi hamkorlar bilan birgalikda geologiya va tog‘-kon sanoatida hamkorlikni faol rivojlantirmoqda.
Yusupov muhim minerallar sohasida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgani haqida ma’lum qildi. Bugungi kunda vazirlik tizimida to‘rtta oliy ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, ularda 14 mingdan ortiq talaba tahsil oladi.

"Biz muhim minerallarni boyitish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashni boshladik", — dedi vazir o‘rinbosari.

Tadbirda Qozog‘iston sanoat va qurilish vaziri o‘rinbosari Iran Sharxan O‘zbekiston Qozog‘istonning mintaqa davlatlari bilan tovar aylanmasida yetakchi o‘rinni egallab turganini ta’kidladi.
© SputnikKazaxstan uprostil dostup k mestorojdeniyam cherez sifrovuyu platformu
Kazaxstan uprostil dostup k mestorojdeniyam cherez sifrovuyu platformu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2025
Kazaxstan uprostil dostup k mestorojdeniyam cherez sifrovuyu platformu
"O‘zbekiston biz uchun yaxshi qo‘shni va qardosh davlat. Bugungi kunda u Qozog‘istonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan umumiy tovar aylanmasining 57 foizini tashkil etadi", — dedi Iran Sharxan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023-yilda o‘zaro savdoning o‘sishi 4 milliard dollardan oshdi, bu 2021-yilga nisbatan 15 foizga ko‘pdir.
Qozog‘iston O‘zbekistonga po‘lat, mis, kungaboqar yog‘i va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beradi. O‘z navbatida, qo‘rg‘oshin va qurilish materiallarini import qiladi.
Shuningdek, Sharxan Qozog‘iston iqtisodiyoti uchun to-kon metallurgiya majmuasi ustuvor ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. 2024-yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotida tog‘-kon metallurgiya kombinatining ulushi 8 foizni, ishlab chiqarish hajmi esa 14 trillion tengedan ortiqni tashkil etdi.
Sohada umumiy qiymati 7 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 5 ta yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish va 8 mingga yaqin ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Qozog‘iston tomoni yer qa’ridan foydalanishning raqamli platformasini joriy etish haqida ma’lumot berdi. U allaqachon sanoat ekspluatatsiyasida bo‘lib, ariza topshirishdan tortib litsenziya olishgacha bo‘lgan barcha jarayonni avtomatlashtiradi.
Kelgusi haftadayoq Qozog‘iston unda oltin, kumush, ko‘mir va nodir metallar zaxiralari bo‘lgan 50 tadan ortiq yangi zaxira konlarini e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Hozirda mamlakatda yer qa’ridan foydalanish uchun qariyb 2 million kv. km mavjud bo‘lib, 2026-yilga borib bu ko‘rsatkich 2,5 millionga yetadi.
"Biz xalqaro hisobot standartlari, raqamlashtirish va geoportallarni joriy etmoqdamiz - bu Qozog‘istonni raqobatbardosh va investorlar uchun ochiq qiladi", — deya qo‘shimcha qildi Iran Sharxan.
Ma’lumot uchun, Toshkentda "MINEX Central Asia 2025" forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir "Muhim mineral resurslar xavfsizligini ta’minlashda Markaziy Osiyoning rolini oshirish" shiori ostida tashkil etildi. Forumda sohadagi islohotlar, investitsiya muhitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilinmoqda. Tadbirda Qozog‘iston, Xitoy, Turkiya kabi 21 ta davlatdan 200 nafardan ortiq vakillar ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0