Budjet va ijro intizomini mustahkamlash: Mirziyoyev taqdimot bilan tanishdi
10:57 24.07.2025 (yangilandi: 11:12 24.07.2025)

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev mutasaddilarga ijro intizomini mustahkamlash, budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish va tejamkorlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-iyul kuni Hisob palatasining faoliyati hamda ijro tizimini takomillashtirish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdimotda “Masofaviy audit” axborot tizimiga sun’iy intellektni joriy qilib, kamchiliklarni keltirib chiqarayotgan omillarni bartaraf etish vazifasi qo‘yildi.

Rassmotreni voprosi ukrepleniya budjetnoy i ispolnitelskoy dissiplini
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘tgan yili 12 ta vazirlikda moliyaviy nazorat bo‘yicha tashkil qilingan situatsion markazlarning ko‘rsatkichlari qayd etilib, bu tizim joriy yilda yana 10 ta vazirlik va idoraga kengaytirilishi belgilandi. Shu bilan birga, budjet tashkilotlarida ichki audit va ichki nazorat tizimlarini takomillashtirib, Hisob palatasi bilan axborot almashuvini kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berildi.
Shu yil 16-iyun kuni islohotlar natijadorligi tahlili bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Hisob palatasiga “Xalq nazorati” platformasini barcha hududlarda yo‘lga qo‘yish topshirilgan edi. Taqdimotda mutasaddilar bu borada boshlangan ishlar va zarur chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot berdi.

Rassmotreni voprosi ukrepleniya budjetnoy i ispolnitelskoy dissiplini
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Bu tizim orqali qurilish, infratuzilma, kommunal xizmatlar, energiya ta’minoti, transport, yo‘l, ekologiya kabi sohalardagi muammolar bo‘yicha xabar beriladi. Ularni hal qilish uchun portalga barcha vazirlik, idora va hokimliklar ulanadi.
Hozirgi kunda bu dasturni sun’iy intellekt asosida takomillashtirish, vertikal nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish, koll-markazlar tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Davlat rahbari mutasaddilarga ijro intizomini mustahkamlash, budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish va tejamkorlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
