https://oz.sputniknews.uz/20250121/moliyaviy-nazorat-byudjet-xarajatlar-monitoring-47631684.html
Moliyaviy nazorat: bu yil budjet xarajatlari qanday monitoring qilinadi?
Moliyaviy nazorat: bu yil budjet xarajatlari qanday monitoring qilinadi?
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Hisob palatasi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilgi asosiy vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi. 21.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-21T09:33+0500
2025-01-21T09:33+0500
2025-01-21T11:20+0500
iqtisod
o‘zbekiston
moliyalashtirish
hisob palatasi
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/15/47636543_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_3c12d60c7df2eacb944767d764a5bc2f.jpg.webp
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Bu yil “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga 110 ta vazirlik va idoraning ma’lumotlar bazasi integratsiya qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.Shavkat Mirziyoyev Hisob palatasi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilgi asosiy vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.Yig‘ilishda quyidagi rejalar ma’lum qilindi:Aytilishicha, mablag‘larning maqsadli ishlatilishi va dasturlar samaradorligida moliyaviy nazorat muhim. So‘nggi yillarda Hisob palatasining ish uslubi o‘zgartirilib, hududlarda budjet intizomiga ko‘mak beruvchi hamkor idoraga aylantirildi. Oldingi tekshiruv tizimi o‘rniga xalqaro standartlar asosida audit tizimi joriy qilindi. Jahon bankining “Tashqi audit indikatori”da O‘zbekiston “yaxshi” darajaga ko‘tarildi.Raqamli transformatsiya jarayoni amalga oshirilmoqda. “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy qilinib, unga 34 ta vazirlik va idora bog‘landi.2024 yilda Hisob palatasi yangi manbalar hisobidan 3,7 trillion so‘m budjetga qo‘shimcha tushumlarni ta’minladi. Vazirlik va idoralarning 9,2 trillion so‘mlik samarasiz xarajatlari maqbullashtirildi, 2,3 trillion so‘mlik moliyaviy kamchiliklar oldi olindi. Davlat xaridlariga oid 4,5 trillion so‘mlik kamchiliklar bartaraf etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20241230/ozbekiston-2025-2027-yillar-byudjet-daromad-xarajatlar-47396205.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/15/47636543_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_ed3d4cb143553df41206664c6b8d7154.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, moliyalashtirish, hisob palatasi, shavkat mirziyoyev
iqtisod, o‘zbekiston, moliyalashtirish, hisob palatasi, shavkat mirziyoyev
Moliyaviy nazorat: bu yil budjet xarajatlari qanday monitoring qilinadi?
09:33 21.01.2025 (yangilandi: 11:20 21.01.2025) Shavkat Mirziyoyev Hisob palatasi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilgi asosiy vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Bu yil “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga 110 ta vazirlik va idoraning ma’lumotlar bazasi integratsiya qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda
ma’lum qilindi. Shavkat Mirziyoyev Hisob palatasi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilgi asosiy vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.
Yig‘ilishda quyidagi rejalar ma’lum qilindi:
“Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga 110 ta vazirlik va idoraning ma’lumotlar bazasi integratsiya qilinadi. Bu orqali joriy yilda 480 trillion so‘mlik budjet xarajatlari monitoringi to‘liq qamrab olinadi;
joriy yilda budjetga 309 trillion so‘m daromadlar tushishini ta’minlash choralari ko‘riladi;
xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarni xalqaro standartlar asosida auditdan o‘tkazish amaliyoti boshlanadi.
Aytilishicha, mablag‘larning maqsadli ishlatilishi va dasturlar samaradorligida moliyaviy nazorat muhim. So‘nggi yillarda Hisob palatasining ish uslubi o‘zgartirilib, hududlarda budjet intizomiga ko‘mak beruvchi hamkor idoraga aylantirildi. Oldingi tekshiruv tizimi o‘rniga xalqaro standartlar asosida audit tizimi joriy qilindi. Jahon bankining “Tashqi audit indikatori”da O‘zbekiston “yaxshi” darajaga ko‘tarildi.
Raqamli transformatsiya jarayoni amalga oshirilmoqda. “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy qilinib, unga 34 ta vazirlik va idora bog‘landi.
2024 yilda Hisob palatasi yangi manbalar hisobidan 3,7 trillion so‘m budjetga qo‘shimcha tushumlarni ta’minladi. Vazirlik va idoralarning 9,2 trillion so‘mlik samarasiz xarajatlari maqbullashtirildi, 2,3 trillion so‘mlik moliyaviy kamchiliklar oldi olindi. Davlat xaridlariga oid 4,5 trillion so‘mlik kamchiliklar bartaraf etildi.