https://oz.sputniknews.uz/20250722/ozbekiston-neft-gaz-50691500.html
O‘zbekistonning neft-gaz sohasidagi rejalari ma’lum qilindi
O‘zbekistonning neft-gaz sohasidagi rejalari ma’lum qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Ozarbayjonning “Socar” kompaniyasi bilan Usturtdagi konlarda qidiruv o‘tkazib, neft qazib olish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Birgalikda istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish rejalashtirilgan.
2025-07-22T09:14+0500
2025-07-22T09:14+0500
2025-07-22T09:14+0500
jamiyat
o‘zbekiston
neft
gaz
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/16/50691027_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_fe41e8538ec670e7f8020cda2b523e77.jpg
TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev neft-gaz sohasida xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi, deya xabar qildi prezident matbuot xizmati.Ma’lum qilinishicha, Ozarbayjonning “Socar” kompaniyasi bilan Usturtdagi konlarda qidiruv o‘tkazib, neft qazib olish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Birgalikda istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish rejalashtirilgan.Shuningdek, boshqa xorijiy davlatlar bilan murakkab konlarni o‘zlashtirish, sohani raqamlashtirish, talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash kabi muhim yo‘nalishlarda hamkorlik qilinmoqda.Taqdimotda mutasaddilar sheriklikdagi ishlarning borishi va galdagi rejalar yuzasidan axborot berdi.Prezident istiqbolli maydonlar bo‘yicha aniq loyihalarni shakllantirish, geologiya-qidiruv ishlaridan tayyor mahsulot olishgacha bo‘lgan to‘liq zanjirni yo‘lga qo‘yish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.Yig‘ilishda Mirziyoyev amaldagi xorijiy va qo‘shma korxonalarda yangi burg‘ulash usullarini qo‘llash, quduqlarning samaradorligini oshirish orqali neft va gaz hajmini ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.Yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ham ko‘rib chiqildi. Mutasaddilar buning uchun yetarli energiya ishlab chiqarish, gaz omborlarida jamg‘arish va muvozanatli yetkazib berish choralari ko‘rilayotgani to‘g‘risida axborot berdi.Xususan, Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasida 1 ming 65 megavattli ikkita bug‘-gaz qurilmasi, Sirdaryoda 1 ming 573 megavattli issiqlik elektr stansiyasi barpo etilmoqda. Ularning jami quvvati yiliga 20 milliard kilovatt-soat bo‘ladi.Shuningdek, bu yil Toshkent, Namangan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida jami 162 megavattli yangi gidro elektr stansiyalar ishga tushiriladi. Ularda yiliga 648 million kilovatt-soat elektr ishlab chiqariladi.Ayni paytda tegishli tarmoq va podstansiyalarni ta’mirlash ishlari ham boshlangan. Issiqlik stansiyalari barqaror ishlashi uchun zarur yoqilg‘i, butlovchi va ehtiyot qismlar zaxiralari shakllantirilmoqda.Yig‘ilishda soha infratuzilmasini izchil modernizatsiya qilib, energiya yetkazib berish uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.
https://oz.sputniknews.uz/20241030/russia-uzbekistan-kompaniya-neft-gaz-hamkorlik-46380986.html
https://oz.sputniknews.uz/20250709/ozbekiston-prezident-gazprom-neft-rais-50414611.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/16/50691027_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_b054709744fce811900fdc7f2e30633b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston neft-gaz rejalar
o‘zbekiston neft-gaz rejalar
O‘zbekistonning neft-gaz sohasidagi rejalari ma’lum qilindi
Ozarbayjonning “Socar” kompaniyasi Usturtdagi konlarda qidiruv o‘tkazib, neft qazib olish bilan shug‘ullanadi.
TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev neft-gaz sohasida xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi, deya
xabar qildi prezident matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Ozarbayjonning “Socar” kompaniyasi bilan Usturtdagi konlarda qidiruv o‘tkazib, neft qazib olish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Birgalikda istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish rejalashtirilgan.
Shuningdek, boshqa xorijiy davlatlar bilan murakkab konlarni o‘zlashtirish, sohani raqamlashtirish, talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash kabi muhim yo‘nalishlarda hamkorlik qilinmoqda.
Taqdimotda mutasaddilar sheriklikdagi ishlarning borishi va galdagi rejalar yuzasidan axborot berdi.
Prezident istiqbolli maydonlar bo‘yicha aniq loyihalarni shakllantirish, geologiya-qidiruv ishlaridan tayyor mahsulot olishgacha bo‘lgan to‘liq zanjirni yo‘lga qo‘yish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Yig‘ilishda Mirziyoyev amaldagi xorijiy va qo‘shma korxonalarda yangi burg‘ulash usullarini qo‘llash, quduqlarning samaradorligini oshirish orqali neft va gaz hajmini ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.
Yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ham ko‘rib chiqildi. Mutasaddilar buning uchun yetarli energiya ishlab chiqarish, gaz omborlarida jamg‘arish va muvozanatli yetkazib berish choralari ko‘rilayotgani to‘g‘risida axborot berdi.
Xususan, Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasida 1 ming 65 megavattli ikkita bug‘-gaz qurilmasi, Sirdaryoda 1 ming 573 megavattli issiqlik elektr stansiyasi barpo etilmoqda. Ularning jami quvvati yiliga 20 milliard kilovatt-soat bo‘ladi.
Shuningdek, bu yil Toshkent, Namangan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida jami 162 megavattli yangi gidro elektr stansiyalar ishga tushiriladi. Ularda yiliga 648 million kilovatt-soat elektr ishlab chiqariladi.
Ayni paytda tegishli tarmoq va podstansiyalarni ta’mirlash ishlari ham boshlangan. Issiqlik stansiyalari barqaror ishlashi uchun zarur yoqilg‘i, butlovchi va ehtiyot qismlar zaxiralari shakllantirilmoqda.
Yig‘ilishda soha infratuzilmasini izchil modernizatsiya qilib, energiya yetkazib berish uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.