O‘zbekiston prezidenti "Gazprom neft" kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana rassmotrel perspektivnie plani sotrudnichestva s kompaniyey "Gazprom neft"
Prezident Uzbekistana rassmotrel perspektivnie plani sotrudnichestva s kompaniyey Gazprom neft - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston "Gazprom neft" kompaniyasi bilan hamkorlikni rivojlantirmoqchi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Gazprom neft" kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksandr Dukovni qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Uchrashuvda Rossiyaning ushbu yetakchi kompaniyasi bilan neft-gaz majmuasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni tegishli "yo‘l xaritasi"ga muvofiq rivojlantirishning istiqbolli rejalari ko‘rib chiqildi.
“Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, murakkab konlarni o‘zlashtirish, sohani raqamlashtirish, talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyida ham Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Dukovni qabul qilgan edi. Unda neft mahsulotlarini yetkazib berish, qazib olinishi qiyin bo‘lgan konlarni o‘zlashtirish va sohani raqamlashtirish borasidagi sheriklikni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.
Zaglushka. Proizvodstvo uglya nefti i gaza v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2025
O‘zbekiston besh oyda qancha ko‘mir, neft va gaz qazib oldi — infografika
Yangiliklar lentasi
0