Samarqandda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi zavod qurilmoqda

© Sputnik
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Zavod 15 gektar maydonda quriladi va mutaxassislarning fikricha, kuniga 1500 tonnagacha chiqindilarni qayta ishlash, yiliga 240 million kVt/soatga yaqin elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Samarqandda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Zavodga tamal toshi qo‘yildi. Loyiha Xitoyning Shanghai SUS Environment LLC ekologiya kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi, kompaniya loyihaga 150 million dollar investitsiya kiritgan.

V Samarkande pristupili k stroitelstvu zavoda po virabotke elektroenergii iz otxodov.
© Sputnik
“Mazkur loyiha atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni utilizatsiya qilish hajmini kamaytirish, qayta tiklanadigan energiyani rivojlantirish va ekologik barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan”, – deydi Ekologiya vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish agentligi direktori Sharifbek Hasanov.
Zavod 15 gektar maydonda quriladi va mutaxassislarning fikricha, kuniga 1500 tonnagacha chiqindilarni qayta ishlash, yiliga 240 million kVt/soatga yaqin elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Korxonada 200 tagacha ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

V Samarkande pristupili k stroitelstvu zavoda po virabotke elektroenergii iz otxodov.
© Sputnik
“Erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, investor 2027-yilgacha zavodni qurib, foydalanishga topshirish majburiyatini oladi. Shuningdek, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini xarid qilish va qattiq maishiy chiqindilarni yetkazib berish bo‘yicha ham shartnomalar imzolangan. Xususan, 30-yil davomida obyektda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi “O‘zenergosotish” aksiyadorlik jamiyati tomonidan sotib olinadi”, – deydi Samarqand viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi vakili Sherali Iskandarov.

V Samarkande pristupili k stroitelstvu zavoda po virabotke elektroenergii iz otxodov.
© Sputnik
Qurilish boshlangani haqidagi xabar avvallari uylarida doimiy chiqindi va o‘tkir hiddan aziyat chekkan “Navro‘z” mahallasi ahlini ham quvontirdi.
“Shamol kuchayganda, butun hovlimiz paket va chiqindixonadagi chiqindilarga to‘lib ketardi. Odamlar chiqindixona yonida yashab bo‘lmas ekan, deb ketishardi. Hatto taksichilar ham biz tomonga borishdan bosh tortishardi, ayniqsa yozda. Hozir chiqindixona o‘ralgan, chiqindi atrofga uchib ketmaydi”, - deydi mahallada yashovchi Anora Ahmedova.
Sherali Iskandarovning ta’kidlashicha, chiqindilarni resursga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyiha haqiqiy foyda keltirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyevning qaroriga ko‘ra, 2027-yilgacha Toshkent, Andijon, Qashqadaryo, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham shunday zavodlar paydo bo‘lishi kerak.
