https://oz.sputniknews.uz/20250326/chiqindi-poligonlari-ekosanoat-zonalari-48581774.html
Chiqindi poligonlari hududida ekosanoat zonalari tashkil etiladi
Chiqindi poligonlari hududida ekosanoat zonalari tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda chiqindi poligonlari hududida ekosanoat zonalari tashkil etiladi. “Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi
2025-03-26T12:03+0500
2025-03-26T12:03+0500
2025-03-26T14:52+0500
jamiyat
o‘zbekiston
chiqindixona
ekologiya
prezident farmoni
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/15/46242822_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_f62f3652751faac1ef9c02ecfea5a0e0.jpg.webp
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. O‘zbekistonda chiqindi poligonlari hududida ekosanoat zonalari tashkil etiladi. “Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.Farmonga asosan, chiqindilarni qayta ishlash sohasidagi asosiy yo‘nalishlar belgilandi, xususan:2026 yildan boshlab chiqindi poligonlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi taklifiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan tashkil etiladi.Shuningdek, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tizimida chiqindi poligonlari hududida chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashga ixtisoslashgan sanoat zonalari 30-yil muddatga tashkil etiladi.Bundan tashqari, Namangan va Toshkent viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni termik usulda utilizasiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan 19,87 gektar yer uchastkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkaziladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250325/hudud-chiqindi-elektr-energiyasi-ishlab-chiqarish-48569832.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/15/46242822_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_86d735094aee03d824bbc7fc789ee45f.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
chiqindi poligonlari ekosanoat zonalari
chiqindi poligonlari ekosanoat zonalari
Chiqindi poligonlari hududida ekosanoat zonalari tashkil etiladi
12:03 26.03.2025 (yangilandi: 14:52 26.03.2025) Chiqindi poligonlari hududida chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashga ixtisoslashgan sanoat zonalari 30-yil muddatga tashkil etiladi.
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. O‘zbekistonda chiqindi poligonlari hududida ekosanoat zonalari tashkil etiladi. “Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni
qabul qilindi. Farmonga asosan, chiqindilarni qayta ishlash sohasidagi asosiy yo‘nalishlar belgilandi, xususan:
mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish;
yangidan hosil bo‘layotgan chiqindilarni poligonlarga yo‘naltirmasdan, maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish, sohaga sirkulyar iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish.
2026 yildan boshlab chiqindi poligonlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi taklifiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan tashkil etiladi.
Shuningdek, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tizimida chiqindi poligonlari hududida chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashga ixtisoslashgan sanoat zonalari 30-yil muddatga tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Namangan va Toshkent viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni termik usulda utilizasiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan 19,87 gektar yer uchastkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkaziladi.