https://oz.sputniknews.uz/20250719/guliston-xitoy-donguan-birodarlik-aloqalari-50655914.html
Guliston va Xitoyning Donguan shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatildi
Guliston va Xitoyning Donguan shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Guliston va Xitoyning Donguan shaharlari hokimlari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.Muloqot davomida Guliston va Donguan shaharlari o‘rtasida hamkorlik va birodarlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida memorandum imzolandi.Tomonlar mazkur hujjat shaharlararo amaliy hamkorlikka keng yo‘l ochishini va o‘zaro tashriflar orqali hududlararo biznes aloqalarni jadal rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.
2025-07-19T13:55+0500
2025-07-19T13:55+0500
2025-07-19T14:10+0500
siyosat
o‘zbekiston
xitoy
hamkorlik
uchrashuv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/18/42194503_113:145:1280:802_1920x0_80_0_0_2c861c54b35ca67e71a3c927dd2ee71f.png
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Guliston va Donguan shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.O‘zbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Guliston va Xitoyning Donguan shaharlari hokimlari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.Muloqot davomida Guliston va Donguan shaharlari o‘rtasida hamkorlik va birodarlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida memorandum imzolandi.Tomonlar mazkur hujjat shaharlararo amaliy hamkorlikka keng yo‘l ochishini va o‘zaro tashriflar orqali hududlararo biznes aloqalarni jadal rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.Donguan shahri meri Lyu Chensi so‘nggi yillarda Xitoy–O‘zbekiston munosabatlari o‘z boshidan eng yaxshi davrni o‘tkazayotganini qayd etdi.Donguan shahri Xitoyning yuqori darajada sanoatlashgan shaharlaridan biri sanaladi. Shu yil yanvar-may oylarida O‘zbekiston hududlarining ushbu shahar bilan umumiy savdosi 32,5 foizga o‘sib, yuqori rivojlanish salohiyatini namoyish etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250707/ozbekiston-xitoy-tarix-manba-kelishuv-50384694.html
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/18/42194503_216:52:1280:850_1920x0_80_0_0_ce3ff8cbf34341279675f8e86e7ff52d.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
guliston xitoy donguan birodarlik aloqalari
guliston xitoy donguan birodarlik aloqalari
Guliston va Xitoyning Donguan shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatildi
13:55 19.07.2025 (yangilandi: 14:10 19.07.2025) Donguan shahri Xitoyning yuqori darajada sanoatlashgan shaharlaridan biri sanaladi.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Guliston va Donguan shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatildi. Bu haqda “Dunyo” AA
xabar berdi. O‘zbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Guliston va Xitoyning Donguan shaharlari hokimlari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot davomida Guliston va Donguan shaharlari o‘rtasida hamkorlik va birodarlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Tomonlar mazkur hujjat shaharlararo amaliy hamkorlikka keng yo‘l ochishini va o‘zaro tashriflar orqali hududlararo biznes aloqalarni jadal rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Guliston shahar hokimi Jamoliddin Xodjimanov hudud imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda Donguan kompaniyalarining ishlab chiqarishdagi boy tajribasini tatbiq etishga, biznes doiralari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish orqali sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.
Donguan shahri meri Lyu Chensi so‘nggi yillarda Xitoy–O‘zbekiston munosabatlari o‘z boshidan eng yaxshi davrni o‘tkazayotganini qayd etdi.
“Joriy yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvda mamlakatlarimiz rahbarlari O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Bu esa o‘z navbatida, Donguan va Guliston shaharlari o‘rtasida hamkorlikni chuqurlashtirish hamda do‘stona munosabatlarni rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi”, – dedi mer Lyu Chensi.
Donguan shahri Xitoyning yuqori darajada sanoatlashgan shaharlaridan biri sanaladi. Shu yil yanvar-may oylarida O‘zbekiston hududlarining ushbu shahar bilan umumiy savdosi 32,5 foizga o‘sib, yuqori rivojlanish salohiyatini namoyish etdi.