https://oz.sputniknews.uz/20250707/ozbekiston-xitoy-tarix-manba-kelishuv-50384694.html
O‘zbekiston va Xitoy tarixga oid manbalarni birgalikda o‘rganishga kelishib oldi
O‘zbekiston va Xitoy tarixga oid manbalarni birgalikda o‘rganishga kelishib oldi
Sputnik O‘zbekiston
Qadimgi xitoy tilidagi tarixiy manbalarni o‘qiy oladigan mutaxassislar tayyorlanadi. 07.07.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-07-07T13:00+0500
2025-07-07T13:00+0500
2025-07-07T13:00+0500
jamiyat
o‘zbekiston
xitoy
o‘zbekiston fanlar akademiyasi
olimlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/09/46038394_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_b4afbda5a4f087f6cbea2af61a56adfe.png
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Fanlar akademiyasining tarix instituti, Xitoyning Shinjon Ijtimoiy fanlar akademiyasi va akademiyaning Markaziy Osiyo instituti o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.Kelishuvga ko‘ra, Xitoydagi arxiv, muzey va kutubxonalarda saqlanayotgan, O‘zbekiston tarixiga oid hamda O‘zbekistonda saqlanayotgan Xitoy tarixiga oid manbalar birgalikda o‘rganiladi. Shuningdek, qadimgi xitoy tilidagi tarixiy manbalarni o‘qiy oladigan mutaxassislarni tayyorlash ham ko‘zda tutilgan.Imzolangan kelishuvga ko‘ra, ishchi guruh tuzildi. Tarix instituti tomonidan ishchi guruh rahbari, Tarix fanlari doktori Dilnoza Jamolova Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qilishicha, endilikda yo‘l xaritasi tayyorlanadi.Quyidagilar amalga oshiriladi:O‘zbekiston Xitoy bilan Markaziy Osiyo tadqiqot markazi ochadiO‘zbekiston va Xitoy issiqxonalar uchun “aqlli” plonka ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda
https://oz.sputniknews.uz/20250618/markaziy-osiyo-xitoy-abadiy-dostlik-50001474.html
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/09/46038394_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_c20bc040a1de87c3fdfd3409e54fead2.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, xitoy, o‘zbekiston fanlar akademiyasi , olimlar
jamiyat, o‘zbekiston, xitoy, o‘zbekiston fanlar akademiyasi , olimlar
O‘zbekiston va Xitoy tarixga oid manbalarni birgalikda o‘rganishga kelishib oldi
Qadimgi xitoy tilidagi tarixiy manbalarni o‘qiy oladigan mutaxassislar tayyorlanadi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Fanlar akademiyasining tarix instituti, Xitoyning Shinjon Ijtimoiy fanlar akademiyasi va akademiyaning Markaziy Osiyo instituti o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Kelishuvga ko‘ra, Xitoydagi arxiv, muzey va kutubxonalarda saqlanayotgan, O‘zbekiston tarixiga oid hamda O‘zbekistonda saqlanayotgan Xitoy tarixiga oid manbalar birgalikda o‘rganiladi. Shuningdek, qadimgi xitoy tilidagi tarixiy manbalarni o‘qiy oladigan mutaxassislarni tayyorlash ham ko‘zda tutilgan.
Imzolangan kelishuvga ko‘ra, ishchi guruh tuzildi. Tarix instituti tomonidan ishchi guruh rahbari, Tarix fanlari doktori Dilnoza Jamolova
Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qilishicha, endilikda yo‘l xaritasi tayyorlanadi.
“Biz hozir birinchi qadamni qo‘ydik. Yo‘l xaritasida hujjatda aks etgan masalalarni amalga oshirish bo‘yicha harakatlarni boshlaymiz. Xitoy tomonidan bizga juda yaxshi takliflar bildirildi va albatta, biz takliflarni qabul qildik. Ular o‘zbek tilini o‘rganish uchun O‘zbekistonga xitoylik yoshlarni yuborishadi. Biz esa yoshlarni xitoy tilini o‘rganishlari uchun yuboramiz”, — dedi Dilnoza Jamolova.
Quyidagilar amalga oshiriladi:
mintaqa tarixi haqida Xitoyda chop etilgan ilmiy adabiyotlarni olish;
o‘zbekistonlik tarixchi yoshlarnining Shinjon Ijtimoiy fanlar akademiyasi muassasalarida qisqa va uzoq muddatli hamda xitoylik yoshlarning Tarix institutida malaka oshirishlarini yo‘lga qo‘yish;
birgalikda ilmiy yig‘in va seminarlar, masofadan mutaxassislar ma’ruzlarini tashkil etish;
turkiy xalqlar, Markaziy Osiyo xalqlari va O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari tarixi bo‘yicha qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish.