https://oz.sputniknews.uz/20250716/ozbekiston-pokiston-mehnat-migratsiyasi-50588880.html
O‘zbekiston va Pokiston mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston va Pokiston mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytiradi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning xorijdagi pokistonliklar ishlari va inson resurslarini rivojlantirish vaziri Choudri Salik Husayn bilan uchrashdi.Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida mehnat migratsiyasi, kasb-hunarga o‘qitish va kadrlar tayyorlash sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
2025-07-16T17:45+0500
2025-07-16T17:45+0500
2025-07-16T17:45+0500
migratsiya
o‘zbekiston
pokiston
migrantlar
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1c/31102602_0:124:1154:773_1920x0_80_0_0_422b8c119f03604c788dc88193d6bb4d.jpg
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Pokiston mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning xorijdagi pokistonliklar ishlari va inson resurslarini rivojlantirish vaziri Choudri Salik Husayn bilan uchrashdi.Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida mehnat migratsiyasi, kasb-hunarga o‘qitish va kadrlar tayyorlash sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.Suhbat chog‘ida tomonlar fuqarolarini chet elda ish joyi bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish borasida tajriba almashish va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida o‘zaro fikr almashdilar.Fuqarolarni xorijga ishga yuborishdan oldin ularni maxsus o‘quv kurslarida tayyorlash, til, kasb ko‘nikma va mehnat qonunchiligi bo‘yicha bilimlarini oshirish masalasi jiddiy ahamiyatga egaligi qayd etildi.Shuningdek, kasbiy malaka sertifikatlarini o‘zaro tan olish, ta’lim standartlarini muvofiqlashtirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlarni tashkil etish taklifi bildirildi. Tomonlar axborot texnologiyalari, tibbiyot, muhandislik va qishloq xo‘jaligi sohalarida birgalikda o‘quv dasturlarini amalga oshirishga tayyorliklarini tasdiqladilar.Xorijda o‘z biznesiga ega milliy diaspora vakillari ishtirokida qo‘shma investitsiya loyihalarni amalga oshirish ham o‘zaro iqtisodiy diplomatik munosabatlarning yangi yo‘nalishi sifatida e’tirof etildi.Vazir Choudri Salik Husayn, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi munosabatlarni batafsil muhokama qilish uchun ikki tomon tegishli vazirlik va idoralarining o‘zaro tashriflarini tashkil etish, maxsus ta’lim muassasalari faoliyati, mehnat migratsiyasini boshqarish tajribasi va kadrlar tayyorlash borasida hamkorlikning amaliy qismiga o‘tish muhimligini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250705/ozbekiston-pokiston-mudofaa-sanoati-50358469.html
o‘zbekiston
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1c/31102602_89:110:958:761_1920x0_80_0_0_83f7465ef5edb4f2f2fe85cdf8415d59.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston pokiston mehnat migratsiyasi
o‘zbekiston pokiston mehnat migratsiyasi
O‘zbekiston va Pokiston mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytiradi
Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida mehnat migratsiyasi, kasb-hunarga o‘qitish va kadrlar tayyorlash sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Pokiston mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA
xabar berdi. O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning xorijdagi pokistonliklar ishlari va inson resurslarini rivojlantirish vaziri Choudri Salik Husayn bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida mehnat migratsiyasi, kasb-hunarga o‘qitish va kadrlar tayyorlash sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Vazir ikki mamlakat o‘rtasida do‘stona munosabatlar izchil rivojlanayotganini, bunga ikki davlat rahbarlari tomonidan alohida e’tibor qaratilayotganini, O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qilish Pokiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanganini ta’kidladi.
Suhbat chog‘ida tomonlar fuqarolarini chet elda ish joyi bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish borasida tajriba almashish va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida o‘zaro fikr almashdilar.
Fuqarolarni xorijga ishga yuborishdan oldin ularni maxsus o‘quv kurslarida tayyorlash, til, kasb ko‘nikma va mehnat qonunchiligi bo‘yicha bilimlarini oshirish masalasi jiddiy ahamiyatga egaligi qayd etildi.
Tomonlar mehnat migratsiyasi, kadrlar tayyorlash va ijtimoiy himoya sohalarida tajriba almashishga qiziqish bildirib, 2023-yil fevral oyida imzolangan memorandum doirasida qo‘shma ishchi guruh tuzish va amaliy hamkorlikni jonlantirishga kelishib oldi.
Shuningdek, kasbiy malaka sertifikatlarini o‘zaro tan olish, ta’lim standartlarini muvofiqlashtirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlarni tashkil etish taklifi bildirildi. Tomonlar axborot texnologiyalari, tibbiyot, muhandislik va qishloq xo‘jaligi sohalarida birgalikda o‘quv dasturlarini amalga oshirishga tayyorliklarini tasdiqladilar.
Xorijda o‘z biznesiga ega milliy diaspora vakillari ishtirokida qo‘shma investitsiya loyihalarni amalga oshirish ham o‘zaro iqtisodiy diplomatik munosabatlarning yangi yo‘nalishi sifatida e’tirof etildi.
Vazir Choudri Salik Husayn, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi munosabatlarni batafsil muhokama qilish uchun ikki tomon tegishli vazirlik va idoralarining o‘zaro tashriflarini tashkil etish, maxsus ta’lim muassasalari faoliyati, mehnat migratsiyasini boshqarish tajribasi va kadrlar tayyorlash borasida hamkorlikning amaliy qismiga o‘tish muhimligini ta’kidladi.