https://oz.sputniknews.uz/20250705/ozbekiston-pokiston-mudofaa-sanoati-50358469.html
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlik chuqurlashtiriladi
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlik chuqurlashtiriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston mudofaa sanoati vaziri Hayat Harraj bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuvda mudofaa va mudofaa sanoati sohasidagi ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari, o‘zaro hamkorlikning aniq yo‘nalishlari muhokama qilindi.Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasida barcha yo‘nalishlardagi hamkorlik, jumladan mudofaa sanoati jabhasidagi aloqalar jadal rivojlanayotgani, davlat rahbarlari darajasida o‘zaro munosabatlarga alohida ustuvorlik berilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
2025-07-05T10:25+0500
2025-07-05T10:25+0500
2025-07-05T10:25+0500
o‘zbekiston
pokiston
hamkorlik
uchrashuv
loyiha
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/05/50358307_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_e1d195db2479350a00d5d8207fbe07c8.jpg
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Islomobodda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston mudofaa sanoati vaziri Hayat Harraj bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuvda mudofaa va mudofaa sanoati sohasidagi ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari, o‘zaro hamkorlikning aniq yo‘nalishlari muhokama qilindi.Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasida barcha yo‘nalishlardagi hamkorlik, jumladan mudofaa sanoati jabhasidagi aloqalar jadal rivojlanayotgani, davlat rahbarlari darajasida o‘zaro munosabatlarga alohida ustuvorlik berilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.Vazir Hayat Harraj so‘nggi yillarda harbiy-texnikaviy sohada olib borilayotgan hamkorlikni yuqori baholab, ikki tomonlama muloqotni institutsionallashtirishda muhim choralar ko‘rilayotganini, mudofaa sanoati sohasida amaliy yechimlar ishlab chiqish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun samarali platforma yaratilganini qayd etdi.Tomonlar zamonaviy texnologik yechimlarni hisobga olgan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, tomonlarning ilmiy-texnologik parklar imkoniyatlaridan samarali foydalanishi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar.O‘zaro hamkorlik masalalarini batafsil muhokama qilish uchun turli darajadagi delegatsiyalarning o‘zaro tashriflarini tashkil etishga kelishib olindi.
https://oz.sputniknews.uz/20250628/ozbekiston-pokiston-biznes-forumlar-50239979.html
o‘zbekiston
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/05/50358307_86:0:1223:853_1920x0_80_0_0_74a31959d24db2ef6a3a16a5d0f5d25e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston pokiston mudofaa sanoati
o‘zbekiston pokiston mudofaa sanoati
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlik chuqurlashtiriladi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston mudofaa sanoati vaziri Hayat Harraj bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Islomobodda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi, deb
xabar berdi “Dunyo” AA.
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston mudofaa sanoati vaziri Hayat Harraj bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda mudofaa va mudofaa sanoati sohasidagi ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari, o‘zaro hamkorlikning aniq yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasida barcha yo‘nalishlardagi hamkorlik, jumladan mudofaa sanoati jabhasidagi aloqalar jadal rivojlanayotgani, davlat rahbarlari darajasida o‘zaro munosabatlarga alohida ustuvorlik berilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va, ayniqsa, mudofaa sohasidagi hamkorlikni xalqaro va mintaqaviy jarayonlarni hisobga olgan holda yanada chuqurlashtirishning muhimligi ta’kidlandi.
Vazir Hayat Harraj so‘nggi yillarda harbiy-texnikaviy sohada olib borilayotgan hamkorlikni yuqori baholab, ikki tomonlama muloqotni institutsionallashtirishda muhim choralar ko‘rilayotganini, mudofaa sanoati sohasida amaliy yechimlar ishlab chiqish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun samarali platforma yaratilganini qayd etdi.
Tomonlar zamonaviy texnologik yechimlarni hisobga olgan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, tomonlarning ilmiy-texnologik parklar imkoniyatlaridan samarali foydalanishi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar.
O‘zaro hamkorlik masalalarini batafsil muhokama qilish uchun turli darajadagi delegatsiyalarning o‘zaro tashriflarini tashkil etishga kelishib olindi.