Ichki bozorda raqobat muhiti rivojlantiriladi: tadbirkorlarni qanday yengilliklar kutmoqda?

© iStock / champpixsMujchina rabotayet za noutbukom s ispolzovaniyem iskusstvennogo intellekta
Mujchina rabotayet za noutbukom s ispolzovaniyem iskusstvennogo intellekta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2025
Obuna bo‘lish
Ayrim tadbirkorlarga soliq ma’murchiligida yengilliklar beriladi.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Ichki bozorda raqobat muhiti rivojlantiriladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan tegishli farmonda nazarda tutilgan.
Prezident “Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, ichki bozorda raqobat muhitini rivojlantirish sohasida quyidagilar belgilandi:
olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi 1994-yildagi Tariflar va savdo bo‘yicha General kelishuv (GATT) va 1994-yildagi mazkur kelishuvning VII-moddasini qo‘llash to‘g‘risidagi Kelishuvda belgilangan umumiy tamoyil va qoidalarga to‘liq muvofiq keltiriladi;
tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda imtiyozlar yoki maxsus bojxona rasmiylashtiruvi tartiblari, jumladan, muayan aniqlash usullarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, xavf darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi bekor qilinib, ularga muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.
Shu yilning 1-maydan boshlab muvofiqlik deklaratsiyasini sertifikatlashtirish organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi bekor qilinadi hamda ularni shakllantirish va hisobga olish Texnik tartibga solish axborot tizimi (TRIS) orqali amalga oshiriladi.

Ayrim tartib-taomillarga majburiy amal qilish 2025-yil yakunigacha talab qilinmaydi

Farmonga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi nazorati bo‘yicha vakolatli organ vazifalari Canitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda 1-avgustdan oziq-ovqat mahsulotlari uchun texnik reglamentlar va standartlar majburiyligi bekor qilinadi hamda Qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari daxldor vazirlik va idoralar bilan kelishilgandan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi.
Sanitar, fitosanitar va veterinariya nazorati sohasidagi quyidagi tartib-taomillarga majburiy amal qilish 2025-yil yakunigacha talab qilinmaydi, jumladan:
mahalliy va import oziq-ovqat mahsulotlari uchun sanitariya va epidemiologiya xizmatlarining laboratoriyalari natijalariga asosan sanitariya-epidemiologik xulosa olish orqali sertifikatlash;
barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan, bolalar ovqatlari, terapevtik va profilaktik ovqatlanish uchun parhez oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat qo‘shimchalari, biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchalari va yangi retseptlar yoki yangi texnologiya asosida yaratilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun barcha texnik hujjatlarni Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishish va tasdiqlash;
o‘simlik mahsulotlari, mato, ipak, charm, o‘yinchoqlar, sport inventari va boshqalar uchun veterinariya sertifikatini olish.

Ayrim tadbirkorlarga soliq ma’murchiligida yengilliklar beriladi

Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-oktabrdan O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan xushbo‘ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakarga nisbatan aksiz solig‘i bekor qilinadi.
“20 va undan ortiq ishchisi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslarga mol-mulk va yer soliqlari hamda ijara to‘lovlari bo‘yicha hisoblangan soliq summalarini 2025-yil 15-iyulda va 1-dekabrda bo‘lib-bo‘lib to‘lanishiga ruxsat beriladi”, — deyilgan hujjat matnida.
Shuningdek, umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga to‘langan QQSning bir qismini qaytarishda ushbu faoliyatdan olingan daromad tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etishi zarurligi belgilandi.
Bundan tashqari, sanoat korxonalarining avtomatik monitoring stansiyasi, chang-gaz tozalash uskunasi, lokal suv tozalash inshooti va statsionar kuzatuv posti bilan jihozlash majburiyati muddati quyidagicha uzaytirildi:
I toifadagi korxonalar uchun – 2026-yil 1-yanvargacha;
II toifadagi korxonalar uchun – 2026-yil 1-iyulgacha.
2025 yil 1-iyundan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 250 ming dollar hamda ularning har bir oila a’zosiga (turmush o‘rtog‘i, farzandi va ota-onasi) 150 ming dollar miqdoridagi to‘lovlar evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi 5-yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi.
Delovie lyudi. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2025
Endi tadbirkorlar 5-yil foydalangan davlat mulkini sotib olishi mumkin bo‘ladi
Yangiliklar lentasi
0