https://oz.sputniknews.uz/20250714/prezident-administratsiya-yangi-tuzilma-50524534.html
Prezident administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi — tafsilotlar
Prezident administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Administratsiya va uning tarkibidagi tashkilotlarda 284 ta shtat qisqartirildi. 14.07.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-07-14T16:04+0500
2025-07-14T16:04+0500
2025-07-28T11:31+0500
siyosat
o‘zbekiston
prezident farmoni
prezident administratsiyasi
shavkat mirziyoyev
sherzod asadov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Prezident Administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Qayd etilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon imzolandi. Hujjatga asosan, endilikda Prezident Administratsiyasi faoliyatida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilandi. Bular — ta’lim, biznes, sud-huquq tizimi, tibbiyot va suv resurslari masalalaridir. Bundan tashqari, Prezidentning strategik rivojlanish, tashqi siyosat bo‘yicha yangi maslahatchi lavozimlari kiritilib, moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt, kreativ iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish, jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi, tadbirlarni tashkillashtirish, yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash bo‘yicha, shuningdek, kommunikatsiya departamentlari tashkil etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250624/saida-mirziyoeva-prezident-administratsiya-rahbar-50128656.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, prezident farmoni, prezident administratsiyasi, shavkat mirziyoyev, sherzod asadov
siyosat, o‘zbekiston, prezident farmoni, prezident administratsiyasi, shavkat mirziyoyev, sherzod asadov
Prezident administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi — tafsilotlar
16:04 14.07.2025 (yangilandi: 11:31 28.07.2025) Administratsiya va uning tarkibidagi tashkilotlarda 284 ta shtat qisqartirildi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Prezident Administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida
ma’lum qildi. Qayd etilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon imzolandi.
“Ushbu Farmonga muvofiq, Prezident Administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi. Natijada Administratsiya va uning tarkibidagi tashkilotlarda 284 ta shtat qisqartirildi, takrorlanuvchi lavozimlar optimallashtirildi”, — deyiladi xabarda.
Hujjatga asosan, endilikda Prezident Administratsiyasi faoliyatida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilandi. Bular — ta’lim, biznes, sud-huquq tizimi, tibbiyot va suv resurslari masalalaridir.
“Ushbu yo‘nalishlarda islohotlarni samarali amalga oshirish maqsadida Prezident Administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Bundan tashqari, Prezidentning strategik rivojlanish, tashqi siyosat bo‘yicha yangi maslahatchi lavozimlari kiritilib, moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt, kreativ iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish, jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi, tadbirlarni tashkillashtirish, yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash bo‘yicha, shuningdek, kommunikatsiya departamentlari tashkil etildi.