AOKA faoliyati tugatiladi — yangi o‘zgarishlar

© Sputnik / Dmitriy AstaxovMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2025
Obuna bo‘lish
AOKA faoliyati tugatilib, uning asosida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) faoliyati tugatiladi, deya xabar berdi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida.
Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon imzolandi.
Qayd etilishicha, endilikda har qanday normativ-huquqiy hujjat va loyiha Prezident Administratsiyasi huzuridagi ilmiy-tahliliy institutlar tadqiqotlari, olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlarning tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi.
Muhim yo‘nalishlar loyiha ofislari orqali amalga oshiriladi. Administratsiya faoliyatida “komplayens” tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa shaffoflikni ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash va korrupsiya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.
“Ayrim yo‘nalishlarda Prezident vakillari lavozimlari joriy etildi. Shuningdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) faoliyati tugatilib, uning asosida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Davlat idoralarining jamoatchilik oldidagi hisobdorligi oshirilmoqda. Matbuot kotiblari instituti yanada mustahkamlanadi, aholi bilan kommunikatsiya qilish va ommaviy axborot vositalari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etilmoqda.

“Farmon bilan vazirlik va idoralarning qaror qabul qilishdagi mustaqilligi oshiriladi. Bu bilan bog‘liq burokratik jarayonlar qisqaradi, ular proaktiv faoliyat yuritishi uchun imkoniyatlar kengaytiriladi. Hukumat qarorlari, idoraviy hujjatlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari hujjatlari bilan tartibga solinadigan masalalar ro‘yxati belgilanadi”, — deb yozadi Sherzod Asadov.

Endilikda idoralar o‘zlariga tegishli sohani mustaqil tartibga solish vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qila oladi.
Idoraviy hujjatlarni Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qayta ishlash (tahrirlash) imkoniyati yaratiladi. Idoraviy hujjatlarni xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonida ularga huquqiy normalarni kiritishga ruxsat etiladi.
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati burokratik to‘siqlarni bartaraf etish, takrorlanuvchi nazorat funksiyalarini bekor qilish, qaror qabul qilishda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash nuqtayi nazaridan samaradorligi oshiriladi.
Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida mahalliy hokimliklarning iqtisodiy, ma’muriy va moliyaviy vakolatlari yanada kengaytiriladi.
Farmon talablarini inobatga olgan holda Hukumat ijro apparati va ijro etuvchi organlarning shtat-tuzilmalari ham qayta ko‘rib chiqiladi va maqbullashtiriladi.
Prezident administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi — tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0