https://oz.sputniknews.uz/20250714/aes-ozbekiston-vengriya-quruq-sovitish-tizim-muhokama-50522851.html
AES qurilishi: O‘zbekiston va Vengriya quruq sovitish tizimlari bo‘yicha muhokama boshladi
AES qurilishi: O‘zbekiston va Vengriya quruq sovitish tizimlari bo‘yicha muhokama boshladi
Sputnik O‘zbekiston
"O‘zatom" agentligi Vengriya va Rossiya vakillari ishtirokida muzokaralar olib bormoqda. 14.07.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-07-14T15:04+0500
2025-07-14T15:04+0500
2025-07-14T15:04+0500
jamiyat
o‘zbekiston
vengriya
aes
atom energetikasi
atom energetikasini rivojlantirish agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/0e/50521377_0:63:1280:783_1920x0_80_0_0_9f53389e67eac500efef092c213e7387.jpg
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Vengriya O‘zbekiston atom elektr stansiyasida quruq sovitish tizimlarini joriy etishni muhokama qilmoqda, deya xabar berdi "O‘zatom" agentligi matbuot xizmati.O‘zbekistonda AES qurilishining asosiy bosqichini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida "O‘zatom" agentligi, Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi, Vengriyaning MVM EGI Zrt., Polus kompaniyalari, OTP Bank Uzbekistan, shuningdek, Rossiyaning "Atomstroyeksport" AJ va "Atomenergoproyekt" AJ vakillari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.Kun tartibidagi asosiy masalalardan biri stansiyaning ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash uchun muhim uskuna - "quruq" gradirnyalarni yetkazib berish va ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik modellarini muhokama qilish bo‘ldi.Shuningdek, uchrashuv davomida kadrlar salohiyatini rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi. MVM EGI Zrt. mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashda, shu jumladan ta’lim dasturlarini tashkil etish, amaliyot o‘tash va o‘qish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish orqali ko‘maklashishga tayyorligini tasdiqladi.Aytilishicha, muzokaralar davom etmoqda.Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyida "O‘zatom" agentligi va Vengriyaning MVM EGI Zrt. davlat korxonasi o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolangan edi. Aytilishicha, o‘zaro anglashuv memorandumi, o‘z navbatida, uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli sheriklik asoslarini shakllantirishga qaratilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250521/ozatom-aes-vengriya-sovitish-tizim-49473766.html
o‘zbekiston
vengriya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/0e/50521377_77:0:1204:845_1920x0_80_0_0_25a8703205e44b71afda595835cb4174.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, vengriya, aes, atom energetikasi, atom energetikasini rivojlantirish agentligi
jamiyat, o‘zbekiston, vengriya, aes, atom energetikasi, atom energetikasini rivojlantirish agentligi
AES qurilishi: O‘zbekiston va Vengriya quruq sovitish tizimlari bo‘yicha muhokama boshladi
"O‘zatom" agentligi Vengriya va Rossiya vakillari ishtirokida muzokaralar olib bormoqda.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Vengriya O‘zbekiston atom elektr stansiyasida quruq sovitish tizimlarini joriy etishni muhokama qilmoqda, deya xabar berdi "O‘zatom" agentligi
matbuot xizmati. O‘zbekistonda AES qurilishining asosiy bosqichini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida "O‘zatom" agentligi, Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi, Vengriyaning MVM EGI Zrt., Polus kompaniyalari, OTP Bank Uzbekistan, shuningdek, Rossiyaning "Atomstroyeksport" AJ va "Atomenergoproyekt" AJ vakillari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.
Kun tartibidagi asosiy masalalardan biri stansiyaning ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash uchun muhim uskuna - "quruq" gradirnyalarni yetkazib berish va ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik modellarini muhokama qilish bo‘ldi.
“O‘zbekiston hududida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, jumladan, erkin iqtisodiy zona negizida qo‘shma korxona (QK) tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu qadam nafaqat loyihani amalga oshirishda mahalliy ishtirok ulushini oshirishga, balki mintaqada keyingi sanoat rivojlanishiga zamin yaratadi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, uchrashuv davomida kadrlar salohiyatini rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi. MVM EGI Zrt. mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashda, shu jumladan ta’lim dasturlarini tashkil etish, amaliyot o‘tash va o‘qish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish orqali ko‘maklashishga tayyorligini tasdiqladi.
“Tomonlar shaffoflik, texnologik ochiqlik va o‘zaro manfaatdorlik asosida ko‘p darajali sheriklikni rivojlantirish Markaziy Osiyodagi eng yirik energetika loyihalaridan birini muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Aytilishicha, muzokaralar davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyida "O‘zatom" agentligi va Vengriyaning MVM EGI Zrt. davlat korxonasi o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolangan edi. Aytilishicha, o‘zaro anglashuv memorandumi, o‘z navbatida, uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli sheriklik asoslarini
shakllantirishga qaratilgan.