"O‘zatom" AES qurilishida Vengriyaning quruq sovitish tizimlaridan foydalanmoqchi

© Agentstvo "Uzatom"Uzatom privlek kompaniyu iz Vengrii dlya vnedreniya texnologiy na stroitelstve AES
Uzatom privlek kompaniyu iz Vengrii dlya vnedreniya texnologiy na stroitelstve AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Vengriya atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishda hamkorlikni rivojlantiradi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. "O‘zatom" agentligi va Vengriyaning MVM EGI Zrt. davlat korxonasi o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi, deya xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban huzurida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida hukumatlararo va idoralararo, shu jumladan, atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator hujjatlar almashuvlari bo‘lib o‘tdi.
© Agentstvo "Uzatom"Uzatom privlek kompaniyu iz Vengrii dlya vnedreniya texnologiy na stroitelstve AES
Uzatom privlek kompaniyu iz Vengrii dlya vnedreniya texnologiy na stroitelstve AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2025
Uzatom privlek kompaniyu iz Vengrii dlya vnedreniya texnologiy na stroitelstve AES
Xususan, "O‘zatom" agentligi va Vengriyaning MVM EGI Zrt. davlat korxonasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim va anglashuv memorandumi imzolandi.
Hamkorlik to‘g‘risidagi bitim quyidagilarni nazarda tutadi:
ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish;
atom elektr stansiyalarida quruq sovitish tizimlarini yetkazib berish va amalda tatbiq qilish;
texnologiyalarni mahalliylashtirish;
zarur infratuzilmani yaratish;
mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Aytilishicha, o‘zaro anglashuv memorandumi, o‘z navbatida, uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli sheriklik asoslarini shakllantirishga qaratilgan.
Ushbu hujjat O‘zbekiston hududida atom elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda tomonlarning o‘zaro hamkorligi mexanizmlarini belgilaydi.
Ma’lumot uchun, Vengriyaning MVM EGI Zrt. kompaniyasi 1948-yilda tashkil etilgan bo‘lib, ichki va xalqaro bozorda energetika sektorining yetakchisi hisoblanadi. U butun dunyo bo‘ylab minglab elektr stansiyalari uchun ishonchli asos bo‘lgan suvni tejaydigan sovutish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etishga ixtisoslashgan.
Jizzax viloyatida kichik quvvatli AESni joylashtirish sxemasi tasdiqlandi
O‘zbekiston kichik AESni qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium tuzadi — O‘zatom
Uzbekistan nameren privlech kompanii Vengrii k sodeystviyu v stroitelstve AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2025
O‘zbekiston AES qurishda Vengriya kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi
Yangiliklar lentasi
0