O‘zbekiston–Xitoy: zamonaviy texnik oliy ta’lim infratuzilmasi yo‘lga qo‘yiladi

© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiyUzbekistan-Kitay: budet sozdana sovremennaya infrastruktura visshego texnicheskogo obrazovaniya
Uzbekistan-Kitay: budet sozdana sovremennaya infrastruktura visshego texnicheskogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2025
Obuna bo‘lish
Loyihaning 1-bosqichi uchun 800 ming AQSh dollari ajratilgan.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. 10 iyul kuni Xitoyning Guanchjou shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulligida Toshkent davlat transport universitetida “Linnan oliy professional ustaxonasi”ni tashkil etish bo‘yicha rasmiy kelishuv imzolandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tashabbus “Bir makon – bir yo‘l” strategiyasi doirasida Guangdong provinsiyasi hukumati tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlangan.
Yangi markaz avtotransport muhandisligi, texnik xizmat va vodorod texnologiyalariga ixtisoslashgan bo‘ladi. Toyota, BYD, Chery kabi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikda texnik laboratoriya tashkil etiladi.
Laboratoriyada universitet talabalari hamda texnikum o‘quvchilari kasbiy amaliyot va stajirovka o‘tash imkoniyatliga ega bo‘ladilar.
Loyihaning 1-bosqichi uchun 800 ming AQSh dollari ajratilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston oliy texnik ta’lim tizimini xalqaro talablarga moslashtirish yo‘lidagi amaliy qadamlardan biri sanaladi.
10 iyulya 2025 goda v gorode Pekin sostoyalos torjestvennoe otkritie sovmestnogo predpriyatiya UTK International Logistics Co. Ltd,  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2025
O‘zbekiston va Xitoy Urumchida qo‘shma korxona ochdi
Yangiliklar lentasi
0