O‘zbekiston va Xitoy Urumchida qo‘shma korxona ochdi

© AO "Uztemiryulkonteyner"10 iyulya 2025 goda v gorode Pekin sostoyalos torjestvennoe otkritie sovmestnogo predpriyatiya "UTK International Logistics Co. Ltd",
10 iyulya 2025 goda v gorode Pekin sostoyalos torjestvennoe otkritie sovmestnogo predpriyatiya UTK International Logistics Co. Ltd,  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2025
Obuna bo‘lish
Kompaniya qisqa fursat ichida “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi konteyner poyezdlarini jo‘natishni boshlaydi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy Urumchida qo‘shma korxona ochdi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lkonteyner” xabar berdi.
Pekinda “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ va “Xinjiang Union of Railway International Logistics Co. Ltd” o‘rtasidagi hamkorlik doirasida “UTK International Logistics Co. Ltd” qo‘shma korxonasi tashkil etilishining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston transport vaziri, Urumchi shahar xalq hukumati meri o‘rinbosari, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi, “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ boshqaruvi raisi ishtirok etdi.
“Kompaniyaning ofisi Urumchi shahrida joylashib, korxonaning asosiy faoliyati yuklarni konsolidatsiya qilish, Xitoy tomonidan subsidiyalar jalb etish hamda “Xitoy – Markaziy Osiyo” yo‘nalishi bo‘yicha multimodal tashuvlarni rivojlantirishdan iborat bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Tashkiliy jarayonlar yakunlangach, kompaniya qisqa fursat ichida “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi konteyner poyezdlarini jo‘natishni boshlaydi.
Qayd etilishicha, qo‘shma korxonaning tashkil etilishi Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekistonning logistika sohasidagi strategik o‘rnini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0