Prezidentga Chilonzor tumanining sanoat salohiyati taqdimot qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s realizuyemimi proyektami v promishlennoy zone Chilanzarskogo rayona.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s realizuyemimi proyektami v promishlennoy zone Chilanzarskogo rayona. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2025
Obuna bo‘lish
Qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar tayyorlash, ish o‘rinlarini ko‘paytirish hamda xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Chilonzor tumanidagi sanoat hududida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s realizuyemimi proyektami v promishlennoy zone Chilanzarskogo rayona.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s realizuyemimi proyektami v promishlennoy zone Chilanzarskogo rayona. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2025
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s realizuyemimi proyektami v promishlennoy zone Chilanzarskogo rayona.
Mazkur hudud Beshqo‘rg‘on va Tirsakobod mahallalari hududida joylashgan bo‘lib, 320 gektar maydonni egallagan. Kichik sanoat zonasi maqomidagi ushbu majmua prezidentning 2023-yil 3-iyuldagi qarori asosida tashkil etilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s realizuyemimi proyektami v promishlennoy zone Chilanzarskogo rayona.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s realizuyemimi proyektami v promishlennoy zone Chilanzarskogo rayona. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2025
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s realizuyemimi proyektami v promishlennoy zone Chilanzarskogo rayona.
Davlat rahbari ushbu hududdagi “Tarleplast” korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Ushbu loyihaning umumiy qiymati 25 million dollar. Korxonaga Yevropaning yetakchi kompaniyalaridan 12 turdagi zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgan. Natijada bu yerda yiliga 90 ming tonna temir quvur va po‘lat profillar ishlab chiqarish imkoni yaratildi. Korxonada 120 ga yaqin kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.
Davlat rahbari mazkur industrial hududda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi. Yaqin istiqboldagi sanoat loyihalari taqdimot qilindi.
Jumladan, ko‘p qavatli ishlab chiqarish binosi va monomarkaz tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Buning natijasida hududda yana 100 ta yangi loyiha amalga oshiriladi, qo‘shimcha 3 mingta ish o‘rni yaratiladi. Loyihalar qurilish, farmatsevtika, elektrotexnika, poligrafiya, avtomobilsozlik, tikuv-trikotaj va qandolatchilik kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan.
Prezident tadbirkorlar bilan suhbatlashdi. Qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar tayyorlash, ish o‘rinlarini ko‘paytirish hamda xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s realizuyemimi proyektami v promishlennoy zone Chilanzarskogo rayona.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s realizuyemimi proyektami v promishlennoy zone Chilanzarskogo rayona. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2025
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s realizuyemimi proyektami v promishlennoy zone Chilanzarskogo rayona.
Mirziyoyev, shuningdek, Chilonzor tumanidagi industrial hududda joylashgan “Eman materials” korxonasida bo‘ldi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil predpriyatie “Eman materials” v industrialnoy zone Chilanzarskogo rayona
Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatie “Eman materials” v industrialnoy zone Chilanzarskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2025
Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatie “Eman materials” v industrialnoy zone Chilanzarskogo rayona
Davlat rahbari korxonadagi ish jarayonini ko‘zdan kechirib, mutaxassislar bilan suhbatlashdi. Mebelsozlik tarmog‘ida mahalliylashtirish va qo‘shilgan qiymat yaratish bo‘yicha hali foydalanilmagan juda ko‘p imkoniyat borligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu yerda Chilonzor tumanida tashkil etilgan “Islohotlar shtabi” faoliyati haqida axborot berildi. Aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan yangi takliflar va kutilayotgan natijalar ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, tumanda joriy yil boshida kambag‘allik darajasi 7 foizdan yuqoriroq bo‘lgan bo‘lsa, birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha bu raqam 2,2 foizga tushgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil predpriyatie “Eman materials” v industrialnoy zone Chilanzarskogo rayona
Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatie “Eman materials” v industrialnoy zone Chilanzarskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2025
Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatie “Eman materials” v industrialnoy zone Chilanzarskogo rayona
Prezident aholi bandligiga qaratilgan tashabbuslarni hamisha qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Investitsiyalarni jalb etib, imkoniyatlarni loyihaga aylantirish, kichik korxonalar faoliyatini kengaytirish zarurligini ta’kidladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil predpriyatie “Eman materials” v industrialnoy zone Chilanzarskogo rayona
Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatie “Eman materials” v industrialnoy zone Chilanzarskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2025
Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatie “Eman materials” v industrialnoy zone Chilanzarskogo rayona
Iqtisodiyot va investitsiya sohalari mas’ullariga tadbirkorlar bilan doimiy uchrashib, muammolarini hal etish, takliflarini yuzaga chiqarish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s jiznyu maxalli Yangi Kamolon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2025
Mirziyoyev Yangi Kamolon mahallasi hayoti bilan tanishdi
Yangiliklar lentasi
0