Mirziyoyev Yangi Kamolon mahallasi hayoti bilan tanishdi
09:40 11.07.2025 (yangilandi: 09:42 11.07.2025)

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari kelgusida boshqaruv servis kompaniyasi binolarini ko‘p qavatli qilib qurib, yoshlar uchun kasb-hunar o‘quvlari, maishiy xizmat shoxobchalarini joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi Yangi Kamolon mahallasida bo‘ldi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s jiznyu maxalli Yangi Kamolon
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Yangi Kamolon mahallasida 4 ming 600 nafardan ziyod aholi yashaydi. 60 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida mahalla yoshlari ish bilan band. Bu yil hunarmandlar maskani, dala mahsulotlari va qandolatchilik do‘konlari, novvoyxona tashkil etildi, xususiy tibbiyot punkti ochildi. Natijada mahalla ishsizlikdan xoli hududga aylandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s jiznyu maxalli Yangi Kamolon
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shu yerda Shayxontohur tumani “Islohotlar shtabi” faoliyati to‘g‘risida axborot berildi.
“Shayxontohurda hunarmandchilik azaldan bo‘lgan. Bugun ham tumanda odamlarni ish bilan, daromad bilan ta’minlashda bu katta manba. Shuning uchun Shayxontohur misolida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar rejasini qabul qilamiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari kelgusida boshqaruv servis kompaniyasi binolarini ko‘p qavatli qilib qurib, yoshlar uchun kasb-hunar o‘quvlari, maishiy xizmat shoxobchalarini joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu yerdagidek kichik kutubxonalarni boshqa mahallalarda ham tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s jiznyu maxalli Yangi Kamolon
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Mahalla ayvonida aholi bilan samimiy suhbat bo‘ldi.
“So‘nggi yillarda ko‘p korxonalar ochildi, iqtisodiyot o‘sapti. Shu bilan birga, yoshlarimiz ham yetishib kelyapti. Ularning ta’lim-tarbiyasi, sog‘ligi, ish o‘rinlarini hozirdan o‘ylashimiz kerak. Shuning uchun bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya olib kelyapmiz. Buning hisobidan Shayxontohurda ham yangi-yangi ish joylari, ta’lim maskanlari, infratuzilma inshootlari bo‘ladi”, - dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Shayxontohur tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev posetil Sentr sotsialnix uslug "Inson" v Shayxantaxurskom rayone Tashkenta.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Markazda 12 toifadagi muhtoj insonlarga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi. Buning uchun muassasada zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Murojaatlarni qabul qilish, ehtiyojni baholash, xizmatni belgilash va xizmat ko‘rsatish jarayonlari insonlarga qulay tarzda yo‘lga qo‘yilgan.

Shavkat Mirziyoyev posetil Sentr sotsialnix uslug "Inson" v Shayxantaxurskom rayone Tashkenta.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shayxontohurdagi markazda 25 nafar mutaxassis hamda mahallalarda 51 nafar ijtimoiy xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. Nogironligi bo‘lgan bolalar va shaxslar, yolg‘iz keksalar bilan manzilli tarzda ish yuritilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev posetil Sentr sotsialnix uslug "Inson" v Shayxantaxurskom rayone Tashkenta.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Bu yer har bir insonning dardi bilan yashaydigan, ularni rozi qiladigan dargoh. Bu tizim orqali jamiyatimizda ijtimoiy adolat, inson qadri qaror topadi”, - dedi prezident.
Shu yerda davlat-xususiy sheriklik asosida “Imkoniyatlar olami” muassasasi tashkil etilgan. Davlat rahbari undagi sharoitlarni ham ko‘zdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev posetil Sentr sotsialnix uslug "Inson" v Shayxantaxurskom rayone Tashkenta.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Muassasada 3 yoshgacha go‘daklar uchun erta aralashuv, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy moslashuv va reabilitatsiya, shuningdek, kunduzgi parvarish va qarab turish xizmatlari tashkil etilgan. Hozirda bu 80 ga yaqin insonning og‘irini yengil qilmoqda. Ularga 12 nafar malakali xodim mehr-e’tibor ko‘rsatmoqda.
