Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur va Chilonzor tumanlariga bordi — foto

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Toshkentda 26 ta ko‘chani tunu-kun ishlaydigan gavjum ko‘chaga aylantirish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Shayxontohur va Chilonzor tumanlariga tashrif buyurdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev znakomitsya s xodom sozidatelnoy raboti, usloviyami jizni naseleniya i deyatelnostyu promishlennix predpriyatiy v gorode Tashkente.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Mazkur tumanlarni Bunyodkor ko‘chasi bog‘lab turadi. Ushbu markaziy ko‘chada san’at va madaniyat maskanlari, turli idoralar, ko‘p qavatli uylar, supermarket va restoranlar joylashgan. Bu salohiyatdan foydalanib, uning 1,5 kilometr qismi xizmat ko‘rsatish va gastroturizm ko‘chasiga aylantirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev znakomitsya s xodom sozidatelnoy raboti, usloviyami jizni naseleniya i deyatelnostyu promishlennix predpriyatiy v gorode Tashkente.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Bu yerdagi 90 ta tadbirkorlik subyekti tunu kun ishlash tartibiga o‘tkazildi. Shundan 45 ta korxona yangi tashkil etildi. 500 kishi ish bilan ta’minlandi.
“Ko‘chaga yondosh hududdagi Kamolon, Yangi Kamolon va Kamolon darvoza mahallalarida 18 mingga yaqin aholi yashaydi. Hozir bu joyga yiliga 255 ming mehmon tashrif buyurmoqda. Endi ularning sonini yiliga 1 millionga yetkazish uchun sharoit bor”, — deyiladi xabarda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev znakomitsya s xodom sozidatelnoy raboti, usloviyami jizni naseleniya i deyatelnostyu promishlennix predpriyatiy v gorode Tashkente.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
So‘nggi yillarda respublikada turizm sohasida 2 mingdan ortiq yangi tadbirkor ish boshladi. O‘tgan yili xorijiy sayyohlar tashrifi ilk bor 10 milliondan oshdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev znakomitsya s xodom sozidatelnoy raboti, usloviyami jizni naseleniya i deyatelnostyu promishlennix predpriyatiy v gorode Tashkente.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Poytaxtning Mirobod, Olmazor, Chilonzor, Yakkasaroy, Yangihayot tumanlarida shunday gavjum ko‘chalar tashkil etilgan. Bunyodkor ko‘chasi mazkur turizm halqasining bir qismi bo‘ladi.
“Umuman, Toshkent shahrida 26 ta ko‘chani tunu-kun ishlaydigan gavjum ko‘chaga aylantirish, 24 soat ishlaydigan savdo nuqtalarini mingtaga ko‘paytirish rejalashtirilgan”, — deyilgan xabarda.