Toshkent uchun “Yechimlar atlasi” tayyorlandi — unda nimalar aks etgan?

© Sputnik / Baxrom XatamovTashkent v preddverii leta: gorod s visoti maya
Tashkent v preddverii leta: gorod s visoti maya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2025
Obuna bo‘lish
“Yechimlar atlasi” Toshkent shahri bosh rejasining mantiqiy davomi hisoblanadi
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent va Yangi Toshkent shahri uchun “yechimlar atlasi” taqdimoti bilan tanishdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Toshkentning 2045-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasi qabul qilindi. Unda shaharning qurilish rejalari, muhandislik va yo‘l-transport infratuzilmasi, muhofaza hududlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar belgilangan.
“Yechimlar atlasi” ushbu Bosh rejaning mantiqiy davomi bo‘lib, unda shaharning tashqi qiyofasi, ko‘chalar muhiti bo‘yicha umumiy talablar qayd etilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPredstavleni plani po uluchsheniyu oblika Tashkenta
Predstavleni plani po uluchsheniyu oblika Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2025
Predstavleni plani po uluchsheniyu oblika Tashkenta
“Bu katalog-ma’lumotnoma qurilmalarni loyihalashtirish, o‘rnatish va ulardan foydalanish qoidalarini qamrab olgan beshta kitobdan iborat. Har bir qismda jamoat joylarini tashkillashtirish va obodonlashtirish, binolarning tashqi qismini yagona me’moriy qiyofaga keltirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan”, — deyiladi xabarda.
Masalan, hozirgi standart bo‘yicha yo‘llarni qurish va ta’mirlash qatnov qismining “qizil chizig‘i”gacha bajariladi. Rivojlangan shaharlar tajribasida bu ko‘chaning ikki tarafidagi binodan binogacha tamoyilida amalga oshiriladi. Shunda oraliqda qarovsiz joy qolmay, yo‘l bo‘yi yaxlit va mutanosib obodonlashtiriladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPredstavleni plani po uluchsheniyu oblika Tashkenta
Predstavleni plani po uluchsheniyu oblika Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2025
Predstavleni plani po uluchsheniyu oblika Tashkenta
“Atlas shahar muhitini loyihalashda barqaror rivojlanish maqsadlarini hamda milliy koloritni tatbiq etishga xizmat qiladi. Uyg‘un va ekologik toza maskanlarni yaratishga ko‘maklashib, aholining hayot sifatini yaxshilaydi. Ochiq jamoat joylarini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Taqdimotda ushbu talablarning mazmun-mohiyati va undan kelib chiqadigan vazifalar ko‘rib chiqildi. Shaharning o‘ziga xosligini saqlagan holda qiyofasini yanada yaxshilash, yo‘l bo‘ylarini obodonlashtirish, turmush madaniyatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey renovatsionnix i investitsionnix proyektov v gorode Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2025
Mirziyoyev Toshkentda rejalashtirilgan renovatsiya va investitsiya loyihalari bilan tanishdi
Yangiliklar lentasi
0