https://oz.sputniknews.uz/20250515/mirziyoev-toshkent-reja-renovatsiya-investitsiya-loyiha-49353905.html
Mirziyoyev Toshkentda rejalashtirilgan renovatsiya va investitsiya loyihalari bilan tanishdi
Mirziyoyev Toshkentda rejalashtirilgan renovatsiya va investitsiya loyihalari bilan tanishdi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahri va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko‘paytiriladi. 15.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-15T10:04+0500
2025-05-15T10:04+0500
2025-05-15T13:26+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
loyiha
shavkat mirziyoyev
investitsiya
daraxt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/0f/49353366_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_8802d80ae7a6f995b9da22cf9e37f8a7.jpg
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda rejalashtirilgan renovatsiya va investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi, deya xabar berdi O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati. Qayd etilishicha, Toshkentning 2045-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasida 300 dan ortiq renovatsiya manzili belgilangan. 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan birinchi bosqichda 65 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Hududda eski va zamonaviy mavzelar orasidagi tafovut bosqichma-bosqich qisqartirib boriladi. Binolar kam maydonda qurilib, mavjud daraxtlar saqlab qolinadi, yangi yashil hududlar barpo etiladi. Taqdimotda shahar irrigatsiya va drenaj tarmoqlarining yangi bosh reja bilan uyg‘unlashtirilgan tizimi ham ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, 2030-yilgacha 100 kilometr kanallar rekonstruksiya qilinib, atrofida sayilgohlar tashkil etiladi. Davlat rahbariga Toshkentda investitsiya loyihalarining holati haqida ham axborot berildi. Ta’kidlanishicha, poytaxtda umumiy qiymati 25 milliard dollarlik 717 ta investitsiya loyihasi shakllantirilgan. Bu yil shundan 7 milliard 500 million dollari o‘zlashtirilib, 265 ta loyiha ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250514/ozbekiston-seysmik-xavfsizlik-49345108.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/0f/49353366_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_56f569a8f8b2aca4a3695820b006a6e3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, toshkent, loyiha, shavkat mirziyoyev, investitsiya, daraxt
jamiyat, o‘zbekiston, toshkent, loyiha, shavkat mirziyoyev, investitsiya, daraxt
Mirziyoyev Toshkentda rejalashtirilgan renovatsiya va investitsiya loyihalari bilan tanishdi
10:04 15.05.2025 (yangilandi: 13:26 15.05.2025) Toshkent shahri va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko‘paytiriladi.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda rejalashtirilgan renovatsiya va investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi, deya xabar berdi O‘zbekiston rahbari
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, Toshkentning 2045-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasida 300 dan ortiq renovatsiya manzili belgilangan. 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan birinchi bosqichda 65 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.
Hududda eski va zamonaviy mavzelar orasidagi tafovut bosqichma-bosqich qisqartirib boriladi. Binolar kam maydonda qurilib, mavjud daraxtlar saqlab qolinadi, yangi yashil hududlar barpo etiladi.
“Shaharning “o‘pkasi” daraxtzorlar bo‘lsa, ariq va kanallar uning “qon tomiri”. Prezidentimiz ko‘rsatmasi bilan, yangi bosh rejada bu masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, Toshkent shahri va uning atrofidagi yashil hududlarni 3 karra ko‘paytirib, 25 ming gektarga yetkazish maqsad qilingan. Bu, o‘z navbatida, suv yo‘llarini yaxshilashni talab etadi”, — deyiladi xabarda.
Taqdimotda shahar irrigatsiya va drenaj tarmoqlarining yangi bosh reja bilan uyg‘unlashtirilgan tizimi ham ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, 2030-yilgacha 100 kilometr kanallar rekonstruksiya qilinib, atrofida sayilgohlar tashkil etiladi.
Davlat rahbariga Toshkentda investitsiya loyihalarining holati haqida ham axborot berildi.
Ta’kidlanishicha, poytaxtda umumiy qiymati 25 milliard dollarlik 717 ta investitsiya loyihasi shakllantirilgan. Bu yil shundan 7 milliard 500 million dollari o‘zlashtirilib, 265 ta loyiha ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.