https://oz.sputniknews.uz/20250710/eik-sanoat-kooperatsiya-vazir-50437591.html
YeIK sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish tarafdori — vazir
YeIK sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish tarafdori — vazir
Sputnik O‘zbekiston
Goar Barsegan Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan "Innoprom" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ishida, shuningdek, ShHT mamlakatlari sanoat vazirlari yig‘ilishida ishtirok etdi. 10.07.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-07-10T16:13+0500
2025-07-10T16:13+0500
2025-07-10T16:13+0500
yeoii
yeik
innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasi
tadbirkor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1d/41312421_143:309:2903:1861_1920x0_80_0_0_8e59caf30ffe80a450867c83b1f3509e.jpg
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish tarafdori. Bu haqda komissiyaning sanoat va agrosanoat kompleksi vaziri Goar Barsegan ma’lum qildi. Goar Barsegan Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan "Innoprom" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ishida ishtirok etdi. Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Anton Alixonov va yirik sanoat kompaniyalari rahbarlari ishtirokidagi ishbilarmonlik nonushtasi chog‘ida u Ittifoq mamlakatlari biznesining muvofiqlashtirilgan ishida muhim rol o‘ynashini ta’kidladi. Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari sanoat vazirlari yig‘ilishida Yevroosiyo makonida kelgusida birgalikda ishlash istiqbollari haqida so‘z bordi.
https://oz.sputniknews.uz/20250430/ozbekiston-eoii-loyihalar-istiqbol-49104732.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1d/41312421_158:0:2889:2048_1920x0_80_0_0_84e84ce925e13e2295b9be2bd7e2f64d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, yeik, innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasi, tadbirkor
yeoii, yeik, innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasi, tadbirkor
YeIK sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish tarafdori — vazir
Goar Barsegan Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan "Innoprom" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ishida, shuningdek, ShHT mamlakatlari sanoat vazirlari yig‘ilishida ishtirok etdi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish tarafdori. Bu haqda komissiyaning sanoat va agrosanoat kompleksi vaziri Goar Barsegan
ma’lum qildi. Goar Barsegan Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan "Innoprom" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ishida ishtirok etdi. Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Anton Alixonov va yirik sanoat kompaniyalari rahbarlari ishtirokidagi ishbilarmonlik nonushtasi chog‘ida u Ittifoq mamlakatlari biznesining muvofiqlashtirilgan ishida muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.
"Iste’molchiga yo‘naltirilganlik va bozor o‘zgarishlariga tezkor javob berish qobiliyati biznes hamjamiyatiga YeOII doirasida keng ko‘lamli vazifalarni hal qilishga yordam beradi. Komissiya tadbirkorlar o‘z salohiyatini yaxshiroq ochishi uchun sharoit yaratish ustida izchil ish olib bormoqda”, — dedi Barsegan.
Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari sanoat vazirlari yig‘ilishida Yevroosiyo makonida kelgusida birgalikda ishlash istiqbollari haqida so‘z bordi.
"Komissiya sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, texnologiyalar almashinuvi va samarali integratsiya aloqalarini shakllantirish tarafdori bo‘lib kelmoqda. Biz ShHT mamlakatlari bilan tarmoq tashabbuslarini ilgari surish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va texnologik tajriba almashishdan manfaatdormiz”, — deya ta’kidladi Goar Barsegan.